Samarqanddagi oliy oʻquv yurti professori 5500 $ pora bilan qoʻlga tushdi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishAQSH dollari
AQSH dollari - Sputnik Oʻzbekiston
Professor Nurali Sayidaxmedov doktorlik dissserttsiyalarni tayyorlash va himoya qilish bilan shugʻullangan yoshlarga koʻplab sunʼiy toʻsiqlarni yaratib kelgan

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Oʻzbekiston maxsus xizmati xodimlari Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti "Kasb taʼlimi va oʻqitish metodikasi" kafedrasi mudiri Sayidahmedov Nuralini poraxoʻrlik bilan qoʻlga olishdi. Bu haqda Sputnik muxbiriga MXX vakili xabar qildi.

Oʻzbekiston koʻchalarida harakatlanayotgan Kamaz mashinasi - Sputnik Oʻzbekiston
Kontrabanda: Oʻzbekiston MXX rangli metall ortilgan "KamAZ"ni qoʻlga oldi
MXX xodimining soʻzlariga koʻra, tezkor xodimlar professor N.Sayidahmedov doktorlik dissserttsiyalarni tayyorlash va himoya qilish bilan shugʻullangan yoshlarga koʻplab sunʼiy toʻsiqlarni yaratib kelgan.

"Masalan, Samarqand qishloq xoʻjaligi institutining bir oʻqituvchisidan oʻzi yaratgan muammoni hal qilish uchun tamagirlik yoʻli bilan 5500 dollar pul talab qilgan. Natijada, N.Sayidaxmedov oʻz xizmat xonasida 5500 dollar pulni olish jarayonida qoʻlga olindi,"- deb taʼkidladi MXX xodimi.

Prokuratura organlari tomonidan qoʻlga olingan shaxs ustidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala