Hodisalar

Urgutda bir guruh valyutafurushlar qoʻlga olindi

© Sputnik / NewsTeamDollar
Dollar - Sputnik Oʻzbekiston
Samarqand viloyati IIB xodimlari Urgut tumanida tezkor operatsiya oʻtkazib, bir guruh valyutafurushlarni qoʻlga oldilar

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan Urgut tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbir jarayonida bir guruh noqonuniy valyuta savdosi bilan shugʻullanayotgan shaxslar aniqlanib, ushlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati.

Mujchina schitayet dengi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prokuratura valyutachilarni yoppasiga tekshirdi
"Guruh aʼzolari boʻlgan 1957 yilda tugʻilgan Q.R, 1984 yilda tugʻilgan Oʻ.R va 1988 yilda tugʻilgan F.R lar oʻz jinoiy faoliyatlarini Urgut tumanining "Yangi kiyim kechak" bozori atrofida olib borgan. Lekin ularning "Kamangaron" qishlogʻida noqonuniy valyuta ayirboshlash uchun qilgan harakatlari soʻngisi boʻlib qoladigan boʻldi", — deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, ular Samarqand tumanida yashovchi fuqaroga Lasetti rusumli davlat belgisi boʻlmagan avtomashina salonida 16 ming 500 AQSH dollarini 130 million 350 ming soʻmga noqonuniy ayirboshlab berishayotgan vaqtda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala