Jamiyat

Vito Karleone sizning restoraningizni tavsiya etolmaydi - Davlat raqobat qoʻmitasi

Multi MaFé restoranlar majmui egalari oʻz restoranini reklama qilishning antiqa uslubini oʻylab topdilar. Ammo bu uslub Oʻzbekiston qonunchiligiga toʻgʻri kelish-kelmasligini hatto oʻylab koʻrmadilar

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Toshkentdagi restoranlardan biri Vito Karleone filmidan lavha aks ettirilgan reklamani Facebook sahifalarida chop etgach, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi restoran egalariga xat yoʻlladi.

Qoʻmita xabariga koʻra, Multi MaFé restoranlar majmuining ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan reklamasida rejissyor Frensis Ford Kopolla tomonidan yaratilgan gangsterlar haqidagi eng mashhur film nomini qozongan — "Choʻqintirgan ota" kartinasidan lavha ishlatilgan.

Xonanda Shahzoda - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Shahzoda #KoʻchirmaProdakshn xit paradida birinchi oʻrinni egalladi
Reklamada "Hatto Vito Karleone Multi MaFéni tavsiya etadi" degan soʻzlar jarang topgan. Bundan tashqari aktyor Marlon Brando tomonidan ijro etilgan "Choʻqintirgan ota" bosh qahramoni suratlari joylashtirilgan.

Oʻzbekiston qonunchiligiga binoan, agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, boshqa mahsulot reklamasida qoʻllaniladigan umumiy yechim, matn, tasvir, musiqali yoki ovozli ohanglarni aynan takrorlash (taqlid yoki oʻxshatma qilish); jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanishreklamada boshqa mahsulot reklamasida ishlatilgan matn, musiqa yoki tovush effektlarini koʻchirish yoki oʻxshatib ishlash man etiladi.

Mana shu normalardan kelib chiqqan holda Davlat raqobat qoʻmitasi restoran majmuasi manziliga xat yoʻllagan va ushbu reklama Oʻzbekiston qonunchiligiga toʻgʻri kelmasligini aytib oʻtgan. Mana shundan soʻng "Choʻqintirgan ota" filmidan lavha ishlatilgan reklama internet tarmoqlaridan olib tashlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala