Dunyoda

Yevropol rahbari: Telegram terrorchilikka qarshi kurashda yordam berishni istamayapti

"Shundaylar borki, biz bilan hamkorlik qilishni istamayapti". Xususan, Telegram bizlarga katta muammolar keltirib chiqarmoqda",- deb taʼkidladi Ueynrayt Times gazetasiga

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Yevropol rahbari Rob Ueynrayt Telegram messenjeri Yevropa Ittifoqi politsiya xizmati bilan terrorchilikka qarshi kurashish masalasida hamkorlik qilishni istamayapti, deb taʼkidladi. RIA Novosti xabari asosida.

"Biz bilan shunchaki hamkorlik qilmayotganlar bor. Xususan, Telegram bizlarga katta muammolar keltirib chiqarmoqda",- deb taʼkidlagan Ueynrayt Times nashriga.

Posol delegatsii Yevropeyskogo Soyuza v Uzbekistane Eduards Stiprays - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
YEIning Oʻzbekistondagi elchisi: biz terrorchilarni yashirish bilan shugʻullanmaymiz
Uning soʻzlariga koʻra, Telegram shunday turdagi yordamni taqdim etadiki, buni Facebook, Twitter va boshqa birlashmalar hajmi bilan solishtirib boʻlmaydi.

Ekstremistlar maʼlumotlar almashish va targʻibot uchun koʻp holatlarda ommabop ijtimoiy tarmoq platformalaridan foydalanishgan. Facebook va Google singari texnologik gigantlar esa tarmoqdagi ekstremistik materiallarga qarshi kurashish borasida koʻproq ishlarni amalga oshirishni talab qilayotgan hukumat bosimiga tushgan.

Times nashrining yozishicha, "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi jangarilari targʻibot-tashviqot, yollash va "koʻngillilar" ustidan nazorat qilib borish uchun Telegramdagi bepul xizmatlardan keng foydalanishgan.

Kuni kecha, London shahrida xavfsizlik masalalari boʻyicha oʻtkazilgan anjumanda nutq soʻzlagan Ueynrayt  "ID" oʻz ijtimoiy tarmogʻini yaratish boʻyicha ish olib borayotganini xabar qilgan. Terrorchilarning bunday yoʻl tutishlariga razvedka xizmatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda texnologik sektor tomonidan boʻlayotgan kuchli bosim sabab boʻlgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala