Jamiyat

YEIning Oʻzbekistondagi elchisi: biz terrorchilarni yashirish bilan shugʻullanmaymiz

© SputnikPosol delegatsii Yevropeyskogo Soyuza v Uzbekistane Eduards Stiprays
Posol delegatsii Yevropeyskogo Soyuza v Uzbekistane Eduards Stiprays - Sputnik Oʻzbekiston
Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining Oʻzbekistondagi elchisi Eduards Stiprays ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizovning bayonotiga nisbatan fikr bildirdi

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Yevropa Ittifoqi delegatsiyasining Oʻzbekistondagi elchisi Eduards Stiprays ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizovning bayonotiga nisbatan fikr bildirar ekan, Yevropa terrorchilarni yashirish bilan shugʻullanmasligini qayd etdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Abdulaziz Kamilov oʻzbekistonlik terrorchi haqida batafsil maʼlumot berdi
Eslatib oʻtamiz, yaqinda boʻlib oʻtgan brifingda Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov jurnalistlarning oxirgi paytda Yevropada yuz bergan teraktlar haqidagi savollariga javob berar ekan, mamlakatning tegishli organlari jamoatchilik uchun xavfli va qidiruvda boʻlgan shaxslar haqida yevropalik hamkasblariga barcha zarur maʼlumotni taqdim etishini maʼlum qildi. Lekin qandaydir sabablarga koʻra, dedi u, bu shaxslar Yevropada qochoq maqomini olgan holatlar ham qayd etilgan.

Stipraysning fikricha, muammoning ikki jihati bor. Birinchisi — bu shaxslarning YEI mamlakatlarida boʻlishlarini tartibga soluvchi ichki hujjatlar bilan bogʻliq.

"Albatta, biz ayrim hollarda ular qandaydir himoya ostida boʻlishlari haqida gapirishimiz mumkin. Ayrim holatlarda bevosita terakt ijrochisi deportatsiya qilinishi kerak boʻlgan, lekin turli subʼyektiv va obʼyektiv sabablarga koʻra deportatsiya vaqtida amalga oshmagan boʻladi", — dedi YEI delegatsiyasi rahbari aynan kimni nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmay.

Sotsialnыe seti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
IIV qidiruvdagi terrorchilar haqidagi maʼlumotni ijtimoiy tarmoqda joylashtiradi

Shu bilan birga u toʻlaligicha terrorchilarni yashirish yuz bermayotganini taʼkidladi. Muammoning ikkinchi jihati haqida gapirar ekan, Eduards Stiprays oʻzbek huquqni muhofaza qilish organlari mavqelarini suiisteʼmol qilgan holatlar boʻlganini aytdi.

"Oxirgi yillarda oʻzbek organlari tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlar aksariyat hollarda maʼlum bir ishonchsizlik bilan koʻrib chiqilgan. Menimcha, ehtimol, bu maʼlumotlarni baholashda qandaydir oʻzgarishlar yuz beradi, lekin biz oʻzbek tomoni toʻliq asoslangan maʼlumotlarni taqdim etadi deb oʻylaymiz", — degan elchi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala