Toshkent xalqaro aeroportiga rasman Islom Karimov nomi berildi

Obuna bo‘lish
Endilikda poytaxtga va respublikaga keladigan yo‘lovchilar, mehmonlar va xorijiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasi ta’minlanadi

TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Toshkent shahridagi xalqaro aeroportga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida xabar qilinmoqda.

"Toshkent" xalqaro aeroporti" davlat unitar korxonasiga Islom Karimov nomi berilsin. Toshkent xalqaro aeroporti infratuzilmasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilashga doir kompleks chora-tadbirlar dasturining har tomonlama tayyorlanishini va asoslanishini ta’minlash maqsadida ilovaga muvofiq tarkibda Maxsus komissiya tashkil etilsin", deyiladi qarorda.

Islom Karimov xotirasi abadiy - Sputnik O‘zbekiston
Muzey, fond, yodgorliklar va aeroport: Islom Karimov xotirasi abadiylashtiriladi

Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda ishlab chiqiladigan Kompleks chora-tadbirlar dasturida rejim-qo‘riqlash chora-tadbirlari tizimlarini takomillashtirish, aeroportda zamonaviy, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yo‘lovchilarning bojxona, chegara va immigratsiya tartibotlaridan o‘tish vaqtini qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, mavjud tarkibni tanqidiy tahlil qilish hamda bojxona, chegara va immigratsiya xizmatlari, ichki ishlar organlari va aeroportda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi xodimlari barcha toifalarini tanlashga nisbatan talabchanlikni oshirish, ular tomonidan xizmat vakolatlarining har qanday tarzda suiiste’mol qilinishining oldini olish va ularga barham berish ta’minlanadi.

Poytaxtga va respublikaga keladigan yo‘lovchilar, mehmonlar va xorijiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasi, aeroportning tegishli infratuzilma xizmatlari faoliyati samaradorligini ta’minlanib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va ularning bagaji bilan ishlashning texnologik jarayoni optimallashtiriladi.

Toshkent aeroportining yangi xalqaro terminali ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy koreyaliklar Toshkent aeroporti qanday ko‘rinishda bo‘lishini ko‘rsatishdi

Bundan tashqari, kuzatib qoluvchilar va kutib oluvchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, maxsus ajratilgan hududda avtotransportlar to‘xtash joylari tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 25-yanvarda "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi qarorga imzo chekkandi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0