Prezident oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

© SputnikStudenti v auditorii v Tashkente
Studenti v auditorii v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston oliygohlariga bu yil 66 mingdan ortiq abituriyent talabalikka qabul qilinadi

TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalariga 2017/2018 yilgi o‘quv mavsumiga qabul qilish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda "Jahon" AA.

Hujjatda aytilishicha, bu yilgi mavsumda umumiy hisobda 66 316 talaba, shulardan 18 194 nafari davlat granti va 48122 nafari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Uzbekskie studenti v posolstve RUz v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
2021 yilgacha O‘zbekiston oliygohlariga talabalar qabul qilish 18%ga oshiriladi

Magistraturaga 5 ming talabgor, shundan 1556 nafari davlat granti va 3444 nafari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus sirtqi bo‘limlari bakalavriatiga 100 nafar talaba, undan 15 nafari davlat granti, 85 nafari to‘lov-kontrakt asosida, Navoiy davlat konchilik institutiga 90 talaba to‘lov-kontrakt asosida va Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutiga 80 talaba to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Hujjatga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qo‘shimcha kvotalarni ta’lim muassasasining salohiyati va ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqib Davlat komissiyasi belgilaydi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0