Yarim finalda qatnashgan barcha o‘zbek bokschilari Osiyo chempionati finaliga chiqishdi

© Federatsiya boksa UzbekistanaKontinentalniy chempionat Azii po boksu sredi mujchin v Tashkente
Kontinentalniy chempionat Azii po boksu sredi mujchin v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik bokschilar nimalarga qodir ekanliklarini yana bir bor isbotladilar

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati yarim final bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik barcha bokschilar finalga chiqishdi.

Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kuni - Sputnik O‘zbekiston
Osiyo chempionati: o‘zbek bokschilari yetakchi

49 kggacha vazn toifasidagi jangda Hasanboy Do‘smatov Hindiston vakili Amitga qarshi ringga chiqdi va barcha hakamlar bir ovozdan o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozonganini qayd qilishdi.

52 kg vazn toifasida Jasurbek Latipov qozog‘istonlik Azamat Issakulov ustidan g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.

56 kggacha bokschilar orasida bo‘lib o‘tgan jangda Murodjon Ahmadaliyev Janubiy Koreya vakili Han Yongxungga qarshi ringga chiqdi va muddatdan oldin g‘alabaga erishdi.

60 kggacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida kechgan jangda Elnur Abduraimov Xitoy vakili Shan Junga qarshi ringga chiqib, hakamlar ovoziga ko‘ra g‘alaba qozondi.

64 kggacha vazn toifasida Iqboljon Xoldorov Qozog‘iston vakili Bekdavlat Ibrohimovga qarshi ringga chiqdi va jang o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tretiy den sorevnovaniy Kontinentalnogo chempionata Azii po boksu sredi mujchin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik 9 bokschi jahon chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

69 kggacha bo‘lgan bokschilar orasidagi jangda Shahram G‘iyosov Eron vakili Sajjad Kozimzodaposhtriga qarshi ringga chiqib, ishonchli g‘alabaga erishdi.

75 kg vazn toifasida Isroil Madrimov qozog‘istonlik Abilxon Amankulga qarshi ringga chiqdi. Jangda ochkolar ustunligiga ko‘ra o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozondi.

81 kggacha bokschilar orasida o‘tgan jangda Bektemir Meliqo‘ziyev xitoylik raqibini 2 daqiqada mag‘lub qildi.

91kgdan yuqori bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi jangda Bahodir Jalolov suriyalik bokschiga hech qanday imkon qoldirmay, 1-raundning o‘zidayoq g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0