Hodisalar

"Yer qimirladi, sezdinglarmi" - Internetda nima gap?

© AFP / ALBERTO PIZZOLIItaliyadagi yer qimirlashi
Italiyadagi yer qimirlashi - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun soat 10:12da Oʻzbekistonda yana yer qimirladi. Yer silkinishi kuchi taxminan 4 ball boʻldi. Oʻzbekistonning sharqiy viloyatlarida ham zilzila kuchini sezishgan

TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Bugun, 5 may kuni Oʻzbekistonda yana yer qimirladi. Soat 10:12da qayd etilgan yer silkinishi kuchi taxminan 4 ball boʻldi. Oʻzbekistonning sharqiy viloyatlarida ham zilzila kuchini sezishgan, Fargʻona viloyatida 3,5 ballik zilzila kuzatilgan.

Seysmograf - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda yana yer qimirladi
Qayd etish kerakki, bu keyingi uchinchi kunda Oʻzbekistonda kuzatilgan toʻrtinchi zilzila boʻldi.

3 may kuni soat 09:47 da Oʻzbekistonning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgan. Zilzilaning epitsentr Toshkent shahrining janubi-sharqiy yoʻnalishida 295 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi hududiga toʻgʻri keldi. Epitsentrda qayd etilgan zilzila magnitudasi 6,0 ni tashkil etdi. Shuningdek, 4 mayga oʻtar kechasi soat 1:03 da va 4 may kuni kuni soat 16:10 da 2 balli yerosti silkinishlari qayd etildi.

Zilzilaning epitsentri Tojikiston hududidi boʻlib, markazda zilzila kuchi 5,7 balni tashkil etgan.

Ijtimoyi tarmoqdagi foydalanuvchilar zilzilalarga nisbatan quyidagi fikrlarni bildirishmoqda:

Seysmograf - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda zilzila boʻldi
"Toshkent shahrida 4 ball atrofidagi yer qimirlashi kuchini sezishdi. Zilzila Fargʻona vodiysida ham kuzatilgan", — deb yozdi Lyaz Ka.

"Andijonda eudayam uzoq boʻldi", — deb yozdi Sirojiddin Muhammad.

"Andijondan 24 km uzoqroqda yashayman, menimcha 5-6 ball qimirladi. Uzun daraxtini tanasini qimirlaganini koʻrsangiz edi. Yaxshiyami 5-10 sekun qimirladi xolos!!!", — deb yozdi Saydullo Jorayev.

"Devorlardan ovoz chikib ketdi, yaxshigina buldi Kukonda", — deb yozgan Islam Salimov.

Shoaziz Shoraxmedov esa "Toshkentda 4 qavatda ham yomon boʻlmadi lekin))))", deb qoʻshimcha qilgan.

Rabota seysmografa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Afgʻonistonda boʻlgan yer qimirlashi Toshkentda ham sezildi
"Hozir Gulistonda soat 10:12da zilzila boʻldi",- deb yozdi Hosirhon Numanov.

"Vodiydan Toshkentgacha taxminan 4,7 ball atrofida"- dedi Feruzbek Ziyodullayev.

"Tez tez yer kimirliydigan boʻp qoldi"- deb yozgan Meena Kothari.

Lola Xomidova esa "Tushunarli, yaqinginada vodiyda boʻlganini eshitgandim. Xudoyim oʻzi barchamizni omon saqlasin!", deb qoʻshimcha qilgan.

Oʻzbekistonda mazkur holatlarni kuzatib borishni davom etamiz.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala