O‘zbekistondagi ilk kosmetika zavodi ishga tushdi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishKosmetika
Kosmetika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Quvvati yiliga 3 million birlikka teng zavodda La Core brendi ostida Koreya texnologiyalaridan foydalanib, 200 dan ortiq kosmetika turlari ishlab chiqariladi

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Navoiy erkin sanoat-iqtisodiy hududida kosmetika mahsulotlari zavodi ishga tushdi, deb xabar bermoqda nuz.uz. Quvvati yiliga 3 million birlikka teng zavodda La Core brendi ostida Koreya texnologiyalaridan foydalanib, 200 dan ortiq kosmetika turlari ishlab chiqariladi.

Kontrabanda zolota - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yirik zargarlik buyumlari zavodi quriladi

Navoiy Beauty Cosmetics kompaniyasi Koreya kosmetika ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi va ushbu mamlakatning yetakchi CNP Dream kompaniyalar guruhi qo‘llab-quvvatlashi ostida tashkil etilgan. Kompaniya katalogida yuz, tana va soch uchun kosmetik vositalar, parfumeriya taqdim etilgan.

"La Core" kompaniyasi bosh direktori Gulbahor Yo‘ldoshevaning aytishicha, zavodda 50ga yaqin kishi mehnat qiladi, ular orasida Janubiy koreyalik mutaxassislar ham bor. Ular barcha texnologik jarayon va tayyorlanayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilib turishadi.

Xabarda aytilishicha, zavodda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nisbatan arzon bo‘lib, chakana savdoga hozircha chiqarilmagan. Uning mahsulotlarini kompaniyaning rasmiy dilerlaridan sotib olish mumkin.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0