Jamiyat

Tadqiqot: 84 foizdan ortiq oʻzbekistonliklar Xalq qabulxonalarini maʼqullaydi

© uz24.uzNarodnaya priyemnaya
Narodnaya priyemnaya - Sputnik Oʻzbekiston
Fuqarolarning 32,4 foizi kommunal soha va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, elektr energiyasi, ichimlik suv, gaz va issiqlikni oʻz vaqtida berish bilan bogʻliq masalalarni dolzarb deb hisoblaydi

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Oʻzbekistonliklarning aksariyati prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan aholi bilan faol va ochiq muloqot qilish boʻyicha Xalq qabulxonalarini maʼqullaydi. Bu haqda "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tadqiqotiga tayanib dia.uz xabar bermoqda.

Narodnaya priyemnaya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentning har bir tumanida Prezident Xalq qabulxonalari ishga tushdi

Xabarga koʻra, tadqiqotda qatnashgan 18 yosh va undan katta yoshdagi erkaklar va ayollar, shahar va qishloq aholisi, turli etnik guruhlar va konfessiyalar vakillarining aksariyati (84,3 foizi) davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan aholi bilan faol va ochiq muloqot qilish boʻyicha yangi tizimning Xalq qabulxonalari instituti koʻrinishidagi shaklini qoʻllab-quvvatlashi va maʼqullashini koʻrsatdi.

Soʻrovda qatnashganlarning 34,6 foizi soʻnggi vaqtda davlat hokimiyati organlari yoki xoʻjalik boshqaruvi idoralariga oʻz muammolarini hal etish boʻyicha murojaat qilgan. Ularning yarmidan ortigʻi oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish yoki taʼminlashni soʻragan.

Soʻrov ishtirokchilarining 28 foizi mahallalar, sud, huquqni muhofaza qilish, nazorat organlari, pensiya jamgʻarmasi, ijtimoiy taʼminot boʻlimlari, Sogʻliqni saqlash, Xalq taʼlimi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklaridan yordam soʻragan.

Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, fuqarolarning 32,4 foizi kommunal soha va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, elektr energiyasi, ichimlik suv, gaz va issiqlikni oʻz vaqtida berish bilan bogʻliq masalalarni dolzarb deb hisoblaydi.

Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Virtual qabulxonaga IIV tizimi ustidan toʻrt oyda 46 ming shikoyat tushdi

Soʻrov davomida olingan natijalar shundan dalolat beradiki, ishtirokchilarning yarmidan koʻpi — 61,4 foizi davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlariga yozma arizalar, Xalq qabulxonalari orqali murojaat qilgan boʻlsa, 16,7 foizi gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalangan, 13,1 foizi esa ariza yoki shikoyatlarini bevosita tashkilotlar, vazirlik va idoralar saytlariga yuborgan.

Fuqarolarning 75,4 foizi davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlariga ariza, har beshinchi ishtirokchi shikoyat bilan murojaat qilgan. Soʻrov davomida 82,1 foiz ishtirokchi murojaatlarni koʻrib chiqishda tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari ularni qiynayotgan masalalar boʻyicha shaxsan suhbatlashganini aytgan.

Davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlariga murojaat qilgan ishtirokchilarning 53,9 foizi arizasi boʻyicha javoblarni qonunda belgilangan oʻn besh kun ichida olganini, 13,3 foizi esa javob bir oyda kelganini qayd etgan. Qonunchilikda bunday holatlarga shikoyat yoki arizani koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha tekshiruvlar oʻtkazish zarur boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.

67,8 foiz ishtirokchining fikriga koʻra, ular murojaat qilgan davlat hokimiyati va xoʻjalik boshqaruvi organlari yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun aniq choralar koʻrgan. Tadqiqot jarayonida soʻrovda qatnashgan har ikkinchi ishtirokchi murojaat natijasidan qoniqish hosil qilgan boʻlsa, har beshinchi ishtirokchi (20 foizdan ortigʻi) qisman qanoatlangani, 5-10 foizi javobdan qoniqmaganini bildirgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala