Trampga boykot: yirik telekanallar prezident haqidagi lavhani namoyish etishmadi

© Sputnik / Keytlin Ouks / Mediabankka o‘tishD. Tramp i M. Pens vstretilis s izbiratelyami v shtate Pensilvaniya
D. Tramp i M. Pens vstretilis s izbiratelyami v shtate Pensilvaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikaning yirik - ABC, CBS, NBC va CNN telekanallari Donald Trampning prezidentlikdagi dastlabki 100 kuni haqidagi reklama roligini namoyish etishmadi

TOShKENT, 6-may — Sputnik. CNN, ABC, CBS va NBC telekanallari Donald Tramp erishgan muvaffaqiyatlar haqidagi reklama roligini namoyish etishdan bosh tortdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Assoshieyted Press agentligiga asoslanib.

D.Tramp - AQSh prezidenti - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Amerikaning qator nashrlarini xalq dushmanlari, deb atadi

Agentlikning ma’lum qilishicha, videorolikda CNN, ABC, MSNBC, CBS va NBC telekanallari jurnalistlari ko‘rsatilganida lavhada "soxta yangiliklar" degan yozuv ham namoyon bo‘ladi. Shuningdek bu telekompaniyalarning soxta yangiliklaridan namunalar ham ko‘rsatiladi.

Videorolikni faqatgina Fox News va Fox Business telekanallari namoyish etdi. Ushbu holatga AQSh prezidentining o‘g‘li Erik Trampning rafiqasi, prezident ma’muriyatida ishlayotgan Lara Tramp izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "asosiy OAVlar uchun so‘z erkinligi kafolatlari faqat ularning shaxsiy siyosiy qarashlariga xizmat qilganidagina muhim".

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0