Dunyoda

Emomali Rahmon Afgʻoniston chegarasidagi vaziyatdan tashvishlanmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishPrezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon
Prezident Respubliki Tadjikistan Emomali Raxmon - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston chegara qoʻshinlari bosh boshqarmasining xabariga qaraganda, toliblar Tojikistonning Ishkashim tumani bilan chegaradosh Zebak viloyatini egallab olishgan

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Tojikiston Afgʻonistonga terrorizm, ekstremizmni bartaraf etish hamda birlik va milliy kelishuvni taʼminlashda har tomonlama koʻmak beradi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston prezidentning matbuot xizmatiga asoslanib.

Tolibon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
OAV: Afgʻonistonda "Tolibon"ning "bahorgi hujumi" boshlandi

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani bilan telefon orqali boʻlib oʻtgan muloqotda Tojikiston rahbari Emomali Rahmon Afgʻoniston, xususan uning shimoliy mintaqalarida vujudga kelayotgan xavotirli vaziyatdan tashvishda ekanligini bildirgan.

Ilgariroq "Tolibon" jangarilarining Tojikiston chegarasiga xavfli darajada yaqinlashib kelishgani sababli Tojikistonning Afgʻoniston bilan chegaradosh tumanida favqulodda vaziyat joriy etilgani haqida xabar qilingan.

Tojikiston chegara qoʻshinlari bosh boshqarmasining xabariga qaraganda, toliblar maʼlum bir muvaffaqiyatga erishishgan. Ular Tojikistonning Ishkashim tumani bilan chegaradosh Zebak viloyatini egallab olishgan. Boshqarmaning taʼkidlashicha, Ishkashim tumanida vaziyat barqaror.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala