Hodisalar

Koʻnikib ham qolindi: Oʻzbekistonda yana yer qimirladi

© AP Photo / Wally SantanaGrafiki seysmologicheskoy aktivnosti
Grafiki seysmologicheskoy aktivnosti - Sputnik Oʻzbekiston
Respublika hududida seysmik faollik Toshkentda 2 ball, Fargʻonada 3 ball, Andijonda 3 ball, Namanganda 3 ballni tashkil etgan.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. "Toshkent" seysmostantsiyasining bergan maʼlumotiga koʻra, bugun soat 12:15da Oʻzbekistonning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgan. Bu haqda Oʻzbekiston FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Analitika
Oʻzbekistonda nega tinimsiz yer silkinmoqda - ekspert fikri

Zilzila epimarkazi Toshkent shahridan 318 km uzoqlikda, Qirgʻiziston Respublikasi hududiga toʻgʻri keladi. Epimarkazda qayd etilgan zilzila magnitudasi 5 ballni tashkil etgan.

Respublika hududida seysmik faollik Toshkentda 2 ball, Fargʻonada 3 ball, Andijonda 3 ball, Namanganda 3 ballni tashkil etgan.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekistonning boshqa hududlarida seysmik faollik kuzatilmadi.

3 maydan buyon Oʻzbekistonning baʼzi hududlarida epimarkazi Tojikiston va Qirgʻizistonda boʻlgan kuchsiz yer silkinishlari kuzatilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala