Madaniyat

Oʻzbekistonlik qiz xalqaro goʻzallik tanlovida yuqori oʻringa sazovor boʻldi

© facebook.comUzbekistanka zavoyevala zvaniye 1-vitse miss yunion v konkurse krasotы
Uzbekistanka zavoyevala zvaniye 1-vitse miss yunion v konkurse krasotы - Sputnik Oʻzbekiston
Avstriya poytaxti Venada boʻlib oʻtgan "Miss Yunion-2017" tanlovida ishtirok etgan Dildora Joʻrayeva "1-vitse Miss Yunion" unvoniga loyiq deb topildi

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Amerika, Osiyo, Afrika va Yevropa mamlakatlari oʻrtasida oʻtkaziladigan xalqaro goʻzallik tanlovi tarixida ilk marta oʻzbekistonlik qiz yuqori oʻringa sazovor boʻldi. Bu haqda tanlovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilindi.

Tanlov bosh direktori va asoschisi Gulnora Muhamedovaning bildirishicha, Avstriya poytaxti Venada boʻlib oʻtgan "Miss Yunion-2017" tanlovida ishtirok etgan Dildora Joʻrayeva "1-vitse Miss Yunion" unvoniga loyiq deb topildi.

© facebook.comDildora Joʻrayeva
Uzbekistanka zavoyevala zvaniye 1-vitse miss yunion v konkurse krasotы - Sputnik Oʻzbekiston
Dildora Joʻrayeva

Dildora Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetini bitirgan.  Bir necha yildan buyon Venadagi rieltorlik kompaniyasida ishlaydi.

Tanlovda qizlar oʻz tugʻilib-oʻsgan yurtlarining madaniyati, anʼanalarini hamda oʻz zakovatlarini namoyish etishdi.

Tanlovda ozarbayjonlik Sahar Guliyeva gʻolib deb topildi. Dildora Joʻrayevaga keyingi oʻrin, gretsiyalik Juliya Granovidiga uchinchi oʻrin nasib etdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala