Jamiyat

Toshkentdagi uylar quyosh nurida ishlaydigan issiqlik tizimi asosida isitiladi

© IA "Jaxon"Izgotovleniye solnechnыx batarey na predpriyatii
Izgotovleniye solnechnыx batarey na predpriyatii - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Oybek koʻchasidagi koʻp qavatli uylarda ishga tushirilgan zamonaviy, energiyatejamkor lokal qozonxonalarni borib koʻrdi

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun poytaxtning Oybek koʻchasidagi koʻp qavatli uylarda ishga tushirilgan zamonaviy, energiyatejamkor lokal qozonxonalarni borib koʻrdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Shu yil 20 aprelda davlat rahbarining "2018-2022 yillarda issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida"gi qarori eʼlon qilingandi.
Ushbu qarorga muvofiq Toshkent shahrida issiqlik taʼminoti tizimini yangilash va modernizatsiya qilish, energiya samaradorligi yuqori boʻlgan mahalliy qozonxonalar qurish, xonadonlarga yakka tartibda ichki issiqlik tarmogʻini oʻrnatish, koʻp qavatli uy-joy fondi va ijtimoiy soha obʼyektlarining lokal issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli vazifalar belgilangan.

Batareya v podʼyezde jilogo doma - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda issiqlik taʼminoti tizimi tubdan yaxshilanadi

Yuqoridagi qarorga asosan poytaxt tumanlarida zamonaviy qozonxonalar qurish, quyosh energiyasi bilan suvni isitadigan gelioqurilmalar negizida uy-joylar va ijtimoiy obʼyektlarni issiqlik bilan taʼminlash tizimini barpo etish boʻyicha dastur ishlab chiqilmoqda.

Unga koʻra joriy yilda Toshkent shahrida jami 211, jumladan, koʻp qavatli uylar tom qismida 134, mavzelar hududida 77 mahalliy qozonxona quriladi. Ushbu maqsadlar uchun sarflanadigan 170 milliard soʻm mablagʻ tijorat banklari kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Oybek koʻchasidagi 40- va 42-uylarda ishga tushirilgan qozonxonalar gelio suv isitgichlari bilan jihozlangan. Ushbu qozonxona anʼanaviy markazlashgan isitish tizimiga qaraganda birmuncha afzalliklarga ega. Qozonxonada zamonaviy texnologiya asosida quyosh nuridan issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, xonadonlarga kerakli miqdorda taqsimlanadi. Bu yoqiladigan tabiiy gazni tejash, isteʼmolchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berishda yoʻqotishlar va qish mavsumida avariya holatlarining oldini olish, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.

Elektron komponentlar ishlab chiqarish - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
General Electric Oʻzbekistonda quyosh panellari ishlab chiqaradi

Loyihaning qiymati 460 million soʻm boʻlib, xarajatlar "Toshissiqquvvati" ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi hisobidan qoplangan.

Davlat rahbari ushbu lokal qozonxonani koʻzdan kechirdi.

"Mazkur sohadagi ishlardan koʻzlangan asosiy maqsad koʻp qavatli uylarda yashovchi aholi uchun qulay shart-sharoit yaratishdir, —dedi Shavkat Mirziyoyev. —Kommunal sohani yanada takomillashtirish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun quyosh energiyasi asosida ishlaydigan issiqlik energiyasi tizimiga oʻtishni hayotning oʻzi taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan, Toshkent shahrida kelgusi uch yilga moʻljallangan alohida tizim ishlab chiqamiz. Bu tizim quyosh energiyasi yordamida uy-joylar va ijtimoiy obʼyektlarni issiq suv va energiya bilan uzluksiz taʼminlash, energiya resurslarini tejash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi".

Davlat rahbari gelioqurilmalar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar mahsulotlari namunalari bilan ham tanishdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala