Haydovchilarning hujjatlarini avtotransport nazoratchilari tekshirishadi

© Sputnik / Vadim ShekunVoditelskoe udostoverenie Uzbekistana
Voditelskoe udostoverenie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nazoratchi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida yo‘l harakati ishtirokchilaridan yashirinmasdan ularga aniq ko‘rinadigan va qoidabuzarlikni o‘z vaqtida bartaraf etish imkoniyatini beradigan joyni tanlashi shart

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida avtomobilda tashuv xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha nazoratni tashkil etish va o‘tkazish tartibi haqidagi Nizom loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Avtomobilda tashuv xavfsizligi nazorati yirik yo‘lovchi va yuk tashish maskanlarida (temir yo‘l vokzallari va stansiyalari, daryo portlari, metropolitenning so‘nggi bekatlari, yo‘nalishlardagi so‘nggi va oraliq bekatlarda) amalga oshiriladi.

Tez yordam mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Xizmat vazifasini o‘tayotgan maxsus transportga jarima yozilmaydi

Inspeksiya avtomobillariga "Avtotransport nazorati" yozuvi, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi logotipi tushiriladi, qizil-ko‘k mayoq hamda ovozkuchaytirgich bilan ta’minlanadi.

Inspeksiya xodimi avtotransportni maxsus tayoqcha, ovozkuchaytirgich yoki qizil-ko‘k mayoqni yoqish orqali to‘xtatadi.

U ism-sharifi, lavozimini aytib o‘zini tanishtirishi, xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi, shundan so‘ng haydovchilik guvohnomasi (haydovchining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat), yo‘l varaqasi, litsenziya kartochkasi, transport vositasining ro‘yxatga olinganligi haqidagi guvohnoma va boshqa hujjatlarni so‘rashi lozim.

Qonun buzilishi holati aniqlanganida nazoratchi shaxs ikki nusxada bayonnoma tuzib, bayonnomalardan birini haydovchiga, ikkinchisini esa tegishli idoraga topshiradi. Nazoratchi shaxsning imzosi uning shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlanadi. Qoida buzgan shaxs bayonnomaning har ikki nusxasiga imzo qo‘yishi shart. Bayonnomaga imzo chekish rad etilganida bu haqda tegishli yozuv kiritiladi.

Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda deyarli bir oy ichida 60 mingdan ortiq haydovchi "jarima maktubi" oldi

Qonun buzilishi holati aniqlanmagan hollarda nazoratchi shaxs yo‘l varaqasiga (xorij avtotransport vositasi uchun ruxsatnoma blankining orqa tarafiga) nazoratdan o‘tkazilgani haqidagi shtamni bosadi, hisob yuritish va ro‘yxatga olish jurnallariga tegishli yozuvlarni kiritadi.

Nazoratchi shaxs tomonidan bosilgan shtamp tekshirilgan transport vositasining manzilga qadar qayta tekshiruvlarsiz borishi uchun asos bo‘ladi.

Inspeksiya xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida yo‘l harakati ishtirokchilariga aniq ko‘rinadigan va qoidabuzarlikni o‘z vaqtida bartaraf etish imkoniyatini beradigan joyni tanlashi shart. Qorong‘u va ko‘rish cheklangan vaqtlarda nazoratchi yo‘lning yoritilgan qismida turishi hamda nurlanuvchi tayoqcha va nur qaytaruvchi libosda bo‘lishi lozim.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0