Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Chilanzarskiy rayon Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Chilanzarskiy rayon Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari ushbu loyihalar bilan tanishib, ularning har biri bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumanidagi "Toshkent qog‘ozi" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

"Toshkent qog‘ozi" mas’uliyati cheklangan jamiyatining umumiy yer maydoni 12 gektardan ziyod, bino va inshootlar maydoni 4,5 gektar. Bu yerda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur infratuzilma, tayyor imkoniyat mavjud.

Izgotovlenie solnechnix batarey na predpriyatii - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi uylar quyosh nurida ishlaydigan issiqlik tizimi asosida isitiladi

Prezident bu yerdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, zavod binolarini ishbilarmon va tadbirkorlarga imtiyozli asosda ijaraga berish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Shu yerning o‘zida Yashnobod tumanida amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Tijorat banklari ko‘magida tumanda dori va tibbiyot vositalari, maxsus kiyimlar, yog‘ va yem mahsulotlari, travertin va marmar plitalar, sim o‘ramlari ishlab chiqarish, ko‘ngilochar maskanlar, zamonaviy bozor va ekspomarkaz tashkil etish rejalashtirilgan.

Davlat rahbari ushbu loyihalar bilan tanishib, ularning har biri bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0