AIBA o‘zbekistonlik yosh bokschilarga sport jihozlari hadya qildi

© aiba.orgPrezident AIBA posetil v detskiy trenirovochniy sentr po boksu
Prezident AIBA posetil v detskiy trenirovochniy sentr po boksu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AIBA prezidenti doktor Ching Kuo Vu va O‘zbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti Sherzod Toshmatov federatsiya qoshidagi mashg‘ulot markaziga tashrif buyurishdi

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionati final bahslari oldidan Osiyo xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vakillari o‘zbekistonlik bo‘lajak yulduzlar bilan uchrashishdi, deb xabar berilmoqda assotsiatsiya saytida.

Kontinentalniy chempionat Azii po boksu sredi mujchin v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Yarim finalda qatnashgan barcha o‘zbek bokschilari Osiyo chempionati finaliga chiqishdi

AIBA prezidenti doktor Ching Kuo Vu va O‘zbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti Sherzod Toshmatov federatsiya qoshidagi mashg‘ulot markaziga tashrif buyurishdi. Ular yosh bokschilarga boks mashg‘ulotlari uchun kerakli jihozlar va liboslar sovg‘a qilishdi.

"AIBAning HeadsUp dasturi va O‘zbekiston boks federatsiyasi samarasi o‘laroq ushbu sport turini rivojlantirish bo‘yicha keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Men mana bu yoshlarning mohir bokschi bo‘lib yetishishlariga va ularni vaqti kelib chempionatlar finallarida ko‘rishga umid qilaman", dedi AIBA prezidenti doktor Ching-Kuo Vu.

Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Toshkentda boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda va unda o‘zbekistonlik bokschilar muvaffaqiyatli qatnashishmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0