Moskvadagi "Nukus durdonalari" ko‘rgazmasi namoyishi yana uch haftaga uzaytirildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishOtkritie vistavki "Sokrovisha Nukusa"
Otkritie vistavki Sokrovisha Nukusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Nukus durdonalari" ko‘rgazmasi Moskvada 7-apreldan 10-maygacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Moskvadagi A.S. Pushkin nomli Rossiya Davlat tasviriy san’at muzeyida tashkil etilgan Saviskiy nomli Qoraqalpoq Davlat san’at muzeyi eksponatlaridan iborat ko‘rgazmaning namoyish muddati uzaytirildi. Bu haqda Rossiya Davlat tasviriy san’at muzeyi xabar berdi.

Nukus durdonalari ko‘rgazmasi ochilishi - Sputnik O‘zbekiston
"O‘rta Osiyo Tretyakovi" - Saviskiy kolleksiyasi Moskvada

""Nukus durdonalari. Saviskiy nomli Qoraqalpoq Davlat san’at muzeyi eksponatlari to‘plamidan" nomli ko‘rgazmaning namoyishi 30-mayga qadar uzaytirildi", — deyiladi muzey axborot xizmati xabarida.

Manbaning ma’lum qilishicha, ko‘rgazma muddatining uzaytirilishiga unga bo‘lgan qiziqishning yuqoriligi sabab bo‘lgan.

Mazkur ko‘rgazma Saviskiy muzeyining Rossiyadagi ilk ko‘rgazmasi bo‘lib, u O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi arafasida ochildi.

Ko‘rgazmaga prezident Shavkat Mirziyoyev hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinlar ham tashrif buyurishdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0