TOSHKENT, 8 maya — Sputnik. Oʻzbekiston va Turkmaniston hukumatlararo komissiya koʻshma chegaralarini jihozlash boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi va 2017 yil uchun ish rejasi kelishib olindi.
"2017 yil 1-5 may kunlari Toshkentda Oʻzbekiston — Turkmeniston davlat cheralarini delimitizatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasi Huqumatlaro komissiyasi qoʻshma ishchi guruhlarining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi", — deyilgan xabarda.
Matbuot-xizmati xabariga koʻra, muzokalar yakuni boʻyicha uchrashuv bayonoti imzolandi va 2017 yil dala ishlari rejasi kelishib olindi. Yigʻilishi aʼnanaviy doʻstona va oʻzaro tushunish muhitida boʻlib oʻtdi, deyilgan xabarda.
"Joriy yil 6-7 mart kunlari Shavkat Mirziyovning Turumanistonga davlat tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida, Oʻzbekiston-Turkmaniston davlat chegaralarini qonuniy rasmiylashtirish boʻyicha muzokaralar jadal ravishda amalga oshirilmoqda", — deyilgan Oʻzbekiston TIV xabarida.
Avval, mart oyi yakunida Oʻzbekiston Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha muzokaralar qayta boshlangan, deb yozadi RIA Novosti.
Sobiq ittifoq parchalanib ketgandan keyin, Oʻzbekiston chegaralari qoʻshni davlatlar bilan yakuniy kelishib olinmagan. Bular oʻz navbatida chegara nizolari kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda. Masalan, soʻnggi yillarda davlat chegarasi yaqinida bir necha oʻnlab qurol qoʻllangan noxush voqealar sodir boʻlgan.
Shavkat Mirziyoyev tashqi siyosat yoʻnalishida ustuvor vazifalar sifatida mintaqada qoʻshnichilik munosabatlarni mustahkamlash masalalari bilan shugʻullanishni boshladi, davlat chegaralarini qonuniy rasmiylashtirish masalalarini uchun qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratdi.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.