Jamiyat

Oʻzbekistonda aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashga 396 milliard soʻm ajratiladi

© Sputnik / Vladimir Perventsev / Mediabankka oʻtishAydarkoʻl
Aydarkoʻl - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda ichimlik suvi taʼminoti tizimini rivojlantirish, aholini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash ijtimoiy siyosatning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi

TOSHKENT, 8 may-Sputnik. 2017 yil 20 aprel kuni Oʻzbekiston prezidenti "2017-2021 yillarda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.

Suv toʻldirayotgan erkak - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ishtixonda suv inshooti quriladi
Bugungi kunda Oʻzbekistondagi shahar, posyolka va qishloq aholi punkti aholisining ehtiyojlari yer osti suvlari zaxiralari hisobiga qondirilmoqda.

Keyingi oʻn yilliklarda sanoat va qishloq xoʻjaligining jadal surʼatda rivojlanishi chuchuk yer osti suvlari holatiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Bu esa oʻz navbatida suv zaxiralari hajmining sezilarli darajada qisqarishi hamda suv olish inshootlarining ruxsatsiz qurilishiga, suvni nazoratsiz olish oqibatida esa ayrim manbalarda suv zaxiralarining keskin kamayishi va tugashiga olib keldi.

Ayrim hududlarda yer yuzasidagi suvlarni chiqarib tashlash va drenaj tizimlarining qoniqarsiz holati, yer osti suvlari sathining intensiv koʻtarilishi, shuningdek, rejali tarzda gidrogeologik monitoring olib borilmagani oqibatida ayrim shaharlar va aholi punktlarida yer osti suvlari sathining yer yuzasiga yaqinlashishi kuzatilmoqda.

Stakan s vodoy - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Suv taʼminoti va kanalizatsiya muammosini hal qiluvchi qaror chiqarildi

Yer osti suvlari monitoringining amaldagi tizimi suv manbalarining ifloslanishiga, yer osti suvlari zaxiralarining kamayishiga va baʼzi aholi punktlarida yer osti suvlari sathining koʻtarilishiga olib keluvchi salbiy omillarni oʻz vaqtida va toʻlaqonli baholash imkonini bermayapti.

Ichimlik suvi taqchil boʻlgan ayrim hududlarda suvni chuchuklashtirish boʻyicha zamonaviy qurilmalar yetarli darajada joriy etilmaganini, suvni chuchuklashtirish uchun kerak boʻladigan uskuna va qurilmalarni ishlab chiqarish borasida mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanilmayotganini ham taʼkidlashga toʻgʻri keladi.

Muammolarni zudlik bilan hal etish zaruratidan kelib chiqqan holda prezident qarori qabul qilindi.

2017 yilning 1 iyulidan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi:

— belgilangan tartibda ruxsat olinmasdan, biroq texnik talablarga rioya etilgan holda qazilgan quduqlardan foydalanish tegishli suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan kelgusida belgilangan tartibda foydalanish uchun rasmiylashtirilishi lozim;

Oʻzbekiston temir yoʻllari ichimlik suvini tashishga moslangan maxsus texnika xarid qildi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston suv tashish uchun Xitoydan maxsus texnika sotib oldi
— belgilangan tartibda ruxsat olinmasdan va texnik talablarga rioya etilmasdan qazilgan quduqlar tegishli suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarini muqobil suv manbalariga ulashni hisobga olgan holda belgilangan tartibda tugatiladi;

— yuridik va jismoniy shaxslarga suv olish uchun quduq qazishga belgilangan tartibda gidrogeologik xulosa berish faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining gidrogeologiya korxonalari tomonidan amalga oshiriladi;

— suv olish uchun quduq qazishga ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining davlat ekologik ekspertizasi xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan beriladi.

2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangan.

Dasturni moliyalashtirish uchun Davlat byudjeti, xalqaro moliyaviy institutlar va mahalliy byudjetlar mablagʻlari hisobidan 396 milliard soʻm yoʻnaltirish koʻzda tutilgan.

Istochnik presnoy pityevoy vodы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqanddagi suv tarmoqlari modernizatsiya qilinadi
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi korxonalarini mutaxassis kadrlar bilan taʼminlash maqsadida 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida "Meliorativ gidrogeologiya" taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.

Qaror mualliflari fikriga koʻra, yer osti suvlaridan foydalanishni nazorat qilish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha samarali mexanizmini joriy etadi. Yer osti chuchuk suvlari zaxiralarini koʻpaytirish boʻyicha gidrogeologik ishlar samaradorligi oshiriladi.

Qoʻshimcha ravishda 7 ta shahar, 21 ta posyolka va 426 ta qishloq aholi punktlarining suv taʼminoti kafolatlanadi. Yer osti suvlarini kuzatish tarmogʻini yana 1155 ta quduqqa koʻpaytirish va ularda 500 ta zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlar oʻrnatish hisobiga yer osti suvlarining holati ustidan samarali monitoring olib boriladi.

Shuningdek, drenaj quduqlar sonini 715 taga, kuzatish drenaj quduqlari sonini 1369 taga, kollektorlar uzunligini 280 kilometrga koʻpaytirish hisobiga 132 ta shaharlar va tumanlar markazlarida yer osti suvlari sathi koʻtarilishining oldini olish hisobiga koʻplab shahar va qishloqlarida aholi yashash sharoitlarini sifat jihatdan yaxshilash imkonini beradi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0