TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Bogʻdod tumani IIBga shu tumandagi "Qishloq xoʻjalik kasb xunar" kolleji direktori oʻrinbosaridan ariza kelib tushdi, deb xabar berilgan Oʻzbekiston IIV rasmiy saytida.
Arizada aytilishicha, kollej rahbari oʻrinbosarining uyiga oʻgʻrilar hujum qilgan.
Soʻng ichidan 30 gr ogʻirlikdagi (narxi 5 mln 100 ming soʻmlik) tros, "Kali" nomli 1 mln 700 ming soʻmlik tros, ikki dona nikoh uzuklari hamda narxi 170 ming soʻmlik "Svarovskiy" nomli sirgʻani olib chiqib ketishgan. Taqinchoqlarning umumiy bahosi 7 mln 565 ming soʻmni tashkil qilgan.
Oʻgʻrilar seyf ichidagi 425 ming soʻm pul va 500 AQSH dollarini ham oʻzlari bilan olishgan.
2017 yil 27 aprel kuni IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilayotgan tadbir davomida, ushbu jinoyatni Oltiariq tumanida yashovchi yollanma ishchi, 1987-y.t. SH.R sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.