TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Putin Mirziyoyevni Ikkinchi Jahon urushidagi gʻalabaning 72 yilligi bilan tabrikladi, deb xabar qilindi Kreml rasmiy saytida.
Vladimir Putinning alohida qayd etishicha, tarixni har qanday koʻrinishda oʻzgartirish, fashizm va natsizmning jinoiy qilmishlarini oqlashga boʻlgan urinishlarga qarshi birgalikda kurashish – mudhish urushda halok boʻlganlar va qatnashgan askarlar xotirasiga eng yaxshi hurmat bajo keltirish boʻladi.
Vladimir Putin, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevdan urush faxriylari va front ortida mehnat qilganlarga taʼzimini yetkazib qoʻyishni soʻrab, ularga mustahkam sogʻliq, uzoq umr va farovonlik tilab qolishini bildirgan.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.