Shavkat Mirziyoyev: O‘zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
9 may bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan 500 nafar urush va mehnat faxriysi taklif etildi

TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirga yig‘ilganlarni, butun o‘zbek xalqini 9-may — Xotira va Qadrlash kuni, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 72-yilligi munosabati bilan tabrikladi, deb xabar qilindi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati. Quyida tadbirda Shavkat Mirziyoyev so‘zlagan nutq matnini to‘laligicha keltirib o‘tamiz.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Urush yillari bizning xalqimiz qanchalar buyuk qalbga ega ekanini ko‘rsatgan
Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Muhtaram faxriylar!

Hurmatli mehmonlar!

Avvalo, barchangizni 9-may — Xotira va Qadrlash kuni bilan, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 72-yilligi bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Siz, azizlarga va sizlarning timsolingizda butun xalqimizga o‘zimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Barchamizga ma’lumki, Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tashabbusi bilan 9-may sanasini yurtimizda Xotira va Qadrlash kuni sifatida keng nishonlash yaxshi an’anaga aylanib qoldi.

Mana shu ulug‘ ayyom kunida hammamiz eng avvalo urush maydonlaridan qaytmagan ming-minglab yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib, ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltiramiz.

Farg‘onada 9-may bayrami - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onadan reportaj: 9-may bayrami munosabati bilan harbiy parad o‘tkazildi
Ayni vaqtda jang maydonlarida mardlik va jasorat ko‘rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilib, bugun oramizda sog‘-salomat bo‘lib yurgan muhtaram faxriylarimizga ta’zim qilamiz. Hozirgi tinch-osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz minnatdorlik bildiramiz.

Hech shubhasiz, bu dahshatli urush, butun insoniyat qatori, bizning xalqimizga ham mislsiz kulfat va yo‘qotishlar olib keldi.

Ikkinchi jahon urushida yuzlab yurtdoshlarimiz Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, minglab otalarimiz, bobolarimiz jangovar orden va medallar bilan mukofotlandilar.

Xalqimiz front ortida fidokorona mehnat qilib, urush maydonlariga juda katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yarog‘, dori-darmon, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdi.

Do‘stlik bog‘ida Shomahmudovlar oilasiga haykal o‘rnatildi, ochilish marosimidan surat - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Shomahmudovlar oilasiga qo‘yilgan yodgorlik ochildi
O‘ta og‘ir va mashaqqatli yillarda xalqimizning insonparvarlik va bag‘rikenglik fazilatlari yaqqol namoyon bo‘ldi. El-yurtimiz mamlakatning urush bo‘layotgan g‘arbiy hududlaridan evakuatsiya qilingan turli millatga mansub 1 millionga yaqin bolalar, ayollar va keksalarga boshpana berib, bir burda nonini ular bilan baham ko‘rdi.

O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan zavodlarda keksalar, ayollar, o‘smir bolalar tunu kun mashaqqatli mehnat qilgani — haqiqiy fidoyilik, qahramonlik namunasi, desak, aslo xato bo‘lmaydi.

Bunday misollar buyuk G‘alaba biz uchun naqadar qimmatga tushgani, xalqimiz dunyoni fashizm balosidan xalos etishga qanday katta hissa qo‘shganini yaqqol ko‘rsatadi.

Tarixning ana shunday beshafqat va suronli sinovlaridan yorug‘ yuz bilan, har tomonlama munosib o‘tgan xalqimizga har qancha ta’zim qilsak, har qancha tasannolar aytsak, arziydi, albatta.

Siz, muhtaram faxriylarimizning urushdan keyingi og‘ir tiklanish yillarida qanday buyuk xizmat qilganingizni xalqimiz aslo unutmaydi. Sizlarning mardlik va matonatingiz, mehnat jasoratingiz bugungi va kelgusi avlodlar uchun hamisha ibrat namunasi bo‘lib qoladi.

Motamsaro ona haykali, Toshkent - Sputnik O‘zbekiston
Eksklyuziv: Ilhom Jabborov "Motamsaro ona" timsolida kimni tasvirlagan edi?
Aziz do‘stlar!

Shu kunlarda odamlarimiz yurtimizda, barcha viloyat va tumanlarda barpo etilgan Xotira maydonlariga kelib, Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘ymoqda. Urushda halok bo‘lgan o‘z yaqinlari, ota-bobolari xotirasini yod etmoqda. Bugungi yorug‘ kunlarga yetib kelgan tabarruk keksalarimiz, urush va mehnat faxriylarini ziyorat qilib, ularning duosini olmoqda.

Buyuk G‘alabaning 72-yilligi munosabati bilan poytaxtimizda, barcha shahar va qishloqlarimizda ko‘plab tadbirlar, urush qatnashchilari bilan uchrashuvlar, xotira marosimlari o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda hammamiz yaxshi tushunamizki, barchamizni tarbiyalab, voyaga yetkazgan, hayot yo‘llarida bizga tayanch va suyanch bo‘lgan sizdek tabarruk insonlar oldida biz doimo qarzdormiz. Shuning uchun ham hurmatli nuroniylarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchaytirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jumladan, pensiyalarini oshirish, tibbiy xizmat va ijtimoiy-maishiy ta’minotini yaxshilash, yolg‘iz qariya va nogironlarga davlat ko‘magini kuchaytirish bundan keyin ham doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Parad Pobedi na Krasnoy ploshadi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Qizil Maydonda G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi
Bu masala qayerda, qaysi lavozimda ishlamasin, yurtimizdagi har bir inson, ayniqsa, rahbarlar faoliyatida hamisha birinchi o‘rinda turishi, ularning nafaqat vazifasi, balki insoniy burchiga aylanishi kerak.

Aziz do‘stlar, mo‘’tabar otalarimiz, mehribon onalarimiz boshimizdagi toji davlatimiz ekanini hech qachon unutmaylik. Bu g‘animat, ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketadigan hayotda ularni qancha qadrlab, imkon qadar umrlarini uzaytirishga qancha harakat qilsak, ikki dunyoda aslo kam bo‘lmaymiz.

Agarki mendan, dunyodagi qaysi oila eng baxtli, deb so‘rashsa, men hech ikkilanmasdan, keksalari bosh bo‘lib, izzat-hurmatda hayot kechirayotgan oila, deb javob bergan bo‘lardim.

Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

RF prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin Mirziyoyevdan urush faxriylariga ta’zimini yetkazib qo‘yishni so‘radi
Mana shu qutlug‘ bayram kunlarida butun xalqimiz bunday dahshatli urush endi hech qachon qaytmasin, deb chin dildan niyat qilmoqda. Bugungi tinch va osoyishta, farovon hayot uchun shukrona bildirmoqda.

Dunyoda turli qarama-qarshiliklar keskinlashib, terrorizm, ekstremizm xavfi kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda tinchlik degan bebaho ne’matning qadr-qimmati va ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Biz "O‘zbek xalqiga tinchlik va omonlik kerak", degan da’vatning mohiyatini chuqur anglagan holda, tinchlik uchun har birimiz mas’ul ekanimizni unutmasdan, doimo hushor va ogoh bo‘lib yashashimiz kerak.

Bizning qabul qilayotgan barcha qonun va qarorlarimiz, reja va dasturlarimiz — bu mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘ladimi, davlat hokimiyati va boshqaruv tizimi, huquq-tartibot, sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya sohalari faoliyatini takomillashtirish bo‘ladimi, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirish bo‘ladimi — bularning barchasi ana shunday ezgu maqsadlarga qaratilganini, o‘ylaymanki, sizlar yaxshi tushunasiz.

Prezident RF V.Putin i premyer-ministr RF D.Medvedev na voyennom parade v chest 72-y godovshini Pobedi v VOV - Sputnik O‘zbekiston
Putin: Yevropaning bugungi erkinligi - bizning ota-bobolarimiz xizmati
Bugungi qutlug‘ ayyomda ota-bobolarimizning shonli an’analarini munosib davom ettirib, Vatan himoyasi yo‘lida o‘zini ayamasdan, fidokorona xizmat qilayotgan mard va jasur askarlarimizga, ofitser va generallarimizga xalqimiz nomidan, o‘z nomimdan samimiy minnatdorlik izhor etaman.

Fursatdan foydalanib, bugungi davramizda ishtirok etayotgan diplomatik korpus vakillariga, barcha chet ellik mehmonlarimizga o‘zimning yuksak hurmat va ehtiromimni bildirib, ularning mamlakatlari va xalqlariga tinchlik-omonlik hamda ravnaq tilayman.

Aziz va muhtaram yurtdoshlar!

Barchangizni 9-may — Xotira va Qadrlash kuni bilan yana bir bor qutlab, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!
E’tiboringiz uchun tashakkur.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0