Dunyoda

Emomali Rahmon Rogʻun GESi qurilishini nazorat qildi

© president.tjStroitelstvo Rogunskoy GES
Stroitelstvo Rogunskoy GES - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston prezidenti oʻzining ishchi safari davomida Rogʻun GESi toʻgʻonini qurish boʻyicha olib borilayotgan qurilish ishlarini shaxsan tekshirgan

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rogʻun gidroelektrstantsiyasi qurilishi qanday borayotganini koʻzdan kechirdi, deb xabar qildi mamlakat rahbari matbuot-xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, Tojikiston rahbari GES toʻgʻoni qurilishi va qurilish maydonidagi boshqa obʼyektlarni koʻzdan kechirgan.

Rogʻun GESi qurilishi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tojikiston Rogʻun GESini Pomirning "uyqudagi ajdahosi" namunasida qurmoqchi
GES toʻgʻonining birinchi qismini qurish uchun zarur boʻlgan tuproqning umumiy miqdori 2,7 million kubmetrni tashkil qiladi. Italiyaning "Salini Impredjio" kompaniyasi daryo oʻzani toʻsilganidan buyon qurilish materialining kattagina qismini — 2 millionini ishlatib boʻlishdi, deb yozadi Sputnik Tojikiston nashri.

Eslatib oʻtamiz, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rogʻun GESi toʻgʻonini barpo etish ishlari boshlanishi munosabati bilan soʻzlagan tantanali nutqida "2018 yil dekabrida gidroelektrostantsiya elektr energiyasi ishlab chiqarishni boshlaydi va "Rogʻun" elektri Tojikistondagi har bir oilaga yetib boradi, energiya mustaqilligiga erishish yoʻlidagi soʻnggi qadam amalga oshiriladi", deya vaʼda bergan edi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala