Qashqadaryoda avariya-qutqaruv mashqlari oʻtkazildi

Qashqadaryo viloyatida favqulodda vaziyatlar oldini olish maqsadida qoʻmondonlik shtab oʻquv mashqlari oʻtkazildi.

TOSHKENT, 10 may- Sputnik. Oʻzbekiston Bosh vaziri-Fuqaro muhofazasi boshligʻining 2016 yildagi buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida 2-4 may kunlari Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida qoʻmondonlik shtab oʻquv mashqlari oʻtkazildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Sel kelishi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qashqadaryoda 12 ta suv obʼyektida favqulodda holatlar roʻy berishi xavfi aniqlandi
Biroz avval, joriy yilda Qashqadaryo viloyatda 12 ta suv obʼyektida suv toshqin va sel kelish kabi favqulodda holatlar roʻy berishi xavfi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.

FVV matbuot xizmati taʼkidiga koʻra, qoʻmondonlik shtab oʻquv mashqlarining asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilangan:
— tuman aloqa va markazlashtirilgan xabar berish tizimini ishonchli va barqaror ishlashini amalda tekshirish;

— tuman favqulodda vaziyatlarni olidini olish va harakat qilish davlat tizimining quyi tizimining boshqaruv organlari, kuch va vositalarining favqulotdda vaziyatlar sodir boʻlganda xizmat vazifalarini bajarish darajasini aniqlash;

— tuman favqulodda vaziyatlarni olidini olish va harakat qilish davlat tizimi funkutsional va hududiy quyi tizimlari boshqaruv organlari faoliyatini hamda kuch va vositalarining shayligini tamokillashtirish, aholini yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishga oʻrgatish;

— favqulodda vaziyatlar sodir boʻlgan hududdan jabrlangan aholini evakuatsiya qilish, ularga tibbiy yordam koʻrsatish, zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, avariya-qutqaruv ishlarini olib borishda moddiy-texnika taʼminoti masalalarini hal etish;

— yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tabiy va texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda favqulodda vaziyatlarni olidini olish va harakat qilish davlat tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish hamda muvofiqlashtirish.

FVV mashgʻulotlaridan lavha - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston FVV kimyo korxonalarida avariyalarga qarshi mashgʻulotlar oʻtkazdi
Oʻquv mashq davomida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moʻljallangani kuch va vositalarning hamkorlikdagi harakatlari, taʼlim muassasalarida, shuningdek ish bilan band boʻlmagan aholini favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish koʻnikmalarini oshirish boʻyicha nazariy va amaliy tadbirlar oʻtkazildi.

"Qoʻmondonlik shtab oʻquv mashqida 2896 nafardan ortiq tuman favqulodda vaziyatlar xizmatlari shaxsiy tarkib xodimlari, ishchilar hamda oʻquvchilar ishtirok etdi. Shu bilan birga, 215 ta avariya-qutqaruv texnikasi va asbob-anjomlar jalb etildi", deb xabar beradi FVV.

Vazirlik maʼlumotiga koʻra, oʻquv mashq davomida rejalashtirilgan barcha maqsadlar va vazifalar samarali amalga oshirilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala