Dunyoda

Tramp Federal tergov byurosi direktorini ishdan boʻshatdi

© Sputnik / Keytlin Ouks / Mediabankka oʻtishDonald Tramp, AQSH prezidenti
Donald Tramp, AQSH prezidenti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQSH prezidenti Donald Tramp Federal tergov byurosi (FBR) direktori Djeyms Komini ishdan boʻshatdi

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp kutilmaganda Federal tergov byuro(FBR) direktori Djeyms Komini ishdan boʻshatish haqida qaror qabul qildi, deb xabar berdi RIA Novosti. Tramp Komi oʻz xizmat majburiyatlarini bajarolmaganini qayd etgan.

Qayd etilishicha, Komi "Rossiya bilan aloqalar"da gumonlab Tramp maʼmuriyati xodimlariga qarshi tergov ishlarini olib borgan.

Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Tramp diniy erkinliklar haqidagi farmonni imzoladi
Ammo bu gumonlar Oq uy va Kreml tomonidan birdek rad etib kelinmoqda.

Shuningdek, Xillari Klinton 2016 yil prezidentlik saylovlaridagi oʻz magʻlubiyatida Komini ayblagan edi. Trampning ushbu qarori demokratlarning keskin qarshiliklarini keltirib chiqarmoqda.

Komi mazkur lavozimga sobiq AQSH prezidenti Barak Obama tomonidan 2013 yilda 10 yillik muddatga tayinlangan edi. Va u bu muddatni toʻliq ishlab berish niyatidaligini qayd etgandi.

Hozirgi kunda Federal tergov byurosi direktori vazifasini vaqtincha bajarish Endryu Makkeybga yuklatildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0