Dunyoda

Sobiq spetsnaz jangchisi va demokratiya tarafdori: Janubiy Koreyaga kim rahbar boʻldi?

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti - sobiq spetsnaz jangchisi Mun Chje In mamlakatning sobiq rahbari Pak Kin Xening otasi - diktator Pak Chon Xi davrida bir necha bor qamoqda oʻtirib chiqqan

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Toʻqqiz yil davom etgan konservativlar hukmronligidan soʻng Janubiy Koreyada hukumat tepasiga talabalar harakatining sobiq faoli Mun Chje In keldi. Yangi rahbar diktator Pak Chon Xi rejimida bir necha bor qamoqda oʻtirgan, soʻngra esa spetsnaz tarkibiga qabul qilingan va vaqt oʻtib demokratik harakat yetakchisiga aylangan, deb xabar berdi RIA Novosti.

Pxenyandagi Ryomyon koʻchasi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Janubiy Koreyaning yangi saylangan prezidenti Shimoliy Koreyaga tashrif uyushtirishi mumkin
Kuni kecha muddatdan oldin boʻlib oʻtgan prezident saylovlarida Mun Chje In eng koʻp ovoz toʻplashga muvaffaq boʻldi.

Janubiy Koreya OAVlarida chop etilayotgan xabarlarga koʻra, Mun Chje Inning ota-onasi 1950-1953 yillarda boshlangan Koreya urushidan soʻng Shimoliy Koreyadan Janubiy Koreyaning Kodjedo oroliga qochqinlar sifatida olib chiqilgan.

Tarjimai holidagi aynan mana shu fakt keyinchalik Mun Chje Inga nisbatan "tosh" otilishiga va unga nisbatan "u Shimoliy Koreya tarafdori" degan gap ishlatilishiga sabab boʻlib keldi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0