Siyosat

Oʻzbekiston va Xitoy 20 milliard dollarlik shartnoma imzolaydi

© Sputnik/Viktor TolochkoHujjatlar
Hujjatlar - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident matbuot-xizmati rahbarining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston va Xitoy aloqalari jadallik bilan rivojlanmoqda

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga amalga oshiriladigan uch kunlik safari davomida umumiy qiymati 20 milliard dollarlik 100ga yaqin kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda, deb xabar qildi bugun jurnalistlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev matbuot-xizmati rahbari Asad Xodjayev.

Premyer-ministr Uzbekistana Shavkat Mirziyayev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev 11-15 may kunlari Xitoyda boʻladi
Ushbu maʼlumotlarni taqdim etar ekan, Xodjayev, bu xabar ular ega boʻlgan dastlabki maʼlumotlarga asoslanganini taʼkidlab oʻtgan.

"Davlat tashrifi "Bitta kamar — bitta yoʻl" forumiga bagʻishlanadi. Bu Xitoy tomonidan amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi forum. U 100dan ziyod davlatlar va xalqaro tashkilotlarni birlashtiradi. Biz ega boʻlgan maʼlumotlarga asosan, ushbu forumda 40dan ziyod davlat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Ular savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar xarakterdagi masalalarni muhokama qiladilar. Oʻzbekiston ushbu forum doirasida faol ishtirok etishni rejalashtirgan", — deb qayd etgan Xodjayev.

Prezident matbuot-xizmati rahbari, shuningdek, Xitoy bilan aloqalar jadal rivojlanayotganini qoʻshimcha qilgan. Jumladan, ikki davlat oʻrtasidagi tovar aylanmasi oʻtgan yilda 4,2 milliard dollarni tashkil qilgan. Xitoydan Oʻzbekistonga jalb qilingan investitsiyalar esa 8 milliard dollarga yetgan.

Ikki davlat oʻrtasidagi 230 turda normativ hujjatlar imzolangan. 

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader