Jamiyat

Toshkentda yangi shohkoʻcha ochilishiga tayyorgarlik boshlandi

© SputnikParkdan qazib olinayotgan daraxt
Parkdan qazib olinayotgan daraxt - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi koʻcha ochilishiga tayyorgarlik ketayotgan manzilga borgan muxbirlar gʻaroyib manzara guvohi boʻldilar: poytaxt obodonlashtirish xizmati ishchilari bu yerdagi daraxtlarni ehtiyotlik bilan qazib olib, ularni boshqa joyga koʻchirishga tayyorlayotgan edi

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi obodonlashtirish xizmati xodimlari Abdulla Qodiriy va Navoiy shoh koʻchalari oʻrtasida joylashgan Sharof Rashidov prospektida avtomobil qatnovini tiklash uchun tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborishdi, deb xabar qilindi Oʻzbekistondagi ijtimoiy tarmoqlarda.

Bu yangilik poytaxtlik haydovchilar orasida katta shov-shuv koʻtarilishiga sabab boʻldi. Sababi, 2000-yillar boshlarida yoʻlning eng talabgir qismlaridan biri boʻlgan bu koʻcha (u shaharning markaziy qismini Yunusobod bilan bogʻlagan) nafaqat yopib tashlangan, balki butunlayicha yoʻq qilingan.

© SputnikVыkorchevыvaniye derevyev v parke
Vыkorchevыvaniye derevyev v parke  - Sputnik Oʻzbekiston
Vыkorchevыvaniye derevyev v parke

Yoʻq qilingan koʻcha oʻrnida chim bostirilib, daraxtlar ekilgan va kechagina avtomobil qatnagan koʻcha shu tariqa boʻshab qolgan xiyobon koʻrinishiga keltirilgan.

Yoʻl bogʻlanmasi. - Sputnik Oʻzbekiston
"Rohat" aylanmasida yangi bogʻlanma yoʻlni qurish ishlari shu yildan boshlanadi
Bunday qaror, eng avvalo Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti xavfsizligini taʼminlash uchun qabul qilingani iddao qilinadi.

Ammo ushbu qaror qabul qilinishi tufayli aksariyat haydovchilar aylanma yoʻllar orqali harakatlanishga, jumladan, Oloy bozoridagi chorrahadan foydalanishga majbur boʻldilar. U yerda esa, tabiiyki avtomobillar soni keskin ortdi va tirbandliklarni keltirib chiqardi.

Sputnik Oʻzbekiston muxbirlari ushbu xabarga aniqlik kiritish maqsadida poytaxt matbuot-xizmati bilan bogʻlanishdi, afsuski, hokimlik izoh berishdan bosh tortdi.

Yangi koʻcha ochilishiga tayyorgarlik koʻrilayotgan manzilga borgan muxbirlar ajablanarli manzara guvohi boʻldilar: obodonlashtirish xizmati ishchilari bu yerdagi daraxtlarni ehtiyotlik bilan qazib olib, boshqa joyga koʻchirishga tayyorlayotgan edi.

"Hozircha daraxtlarni ikkiga ajratyapmiz: qoʻl bilan qazib olinadigan va ekskavator yordamida qaziladigan turlarga. Bizga ularni imkon boricha ehtiyotlik bilan qazib olish vazifasi qoʻyilgan, daraxtlar oʻrnida nima paydo boʻlishi esa aytilmagan. Biz bexabarmiz. Balki yoʻl ochilar, balki boshqa maqsad uchundir", — degan obodonlashtirish xizmati ishchilari.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala