Iqtisod

Fargʻona markazidan eng chekka anklav hududga avtobus harakati qayta tiklandi

Aprel oyi oxiridan Fargʻona va Shohimardon oʻrtasida 2013 yilda yopilgan avtobuslar qatnovi qayta tiklandi

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Fargʻona shahri va Shohimardon posyolkasi oʻrtasida 2013 yilda yopilgan avtobus qatnovi qayta yoʻlga qoʻyildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi matbuot-xizmati.

Aloviddin Sultonov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Fargʻona viloyati IIB boshligʻi OAV vakillari oldida hisobot berdi
"…viloyat hokimining tashabbusi bilan Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Fargʻona viloyati boʻlimining koʻmagida viloyatimizning eng chekka anklav hududi boʻlmish Fargʻona tumanining Shohimardon qishlogʻini viloyat markazi Fargʻona shahri bilan bogʻlovchi "Shohimardon-Fargʻona" avtobus yoʻnalishi qayta yoʻlga qoʻyildi", — deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu yoʻnalish Fargʻona shahrida faoliyat koʻrsatayotgan “Fargʻona Oltin Vodiy Navkari” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Yoʻnalishda ikki dona Isuzu avtobusi harakat qilmoqda.

Korxona tomonidan aholining talab-yextiyojiga qarab turib ushbu yoʻnalishda ishlovchi avtobuslar sonini 4 donagacha yetkazish rejalashtirilmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala