Jamiyat

Aliment toʻlamaganlar qay tarzda jazolanadi? Oʻzbekistonda yangi qonun muhokama qilinmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk / Fotobankka oʻtishOna va bola
Ona va bola - Sputnik Oʻzbekiston
Qonun loyihasidan koʻzlangan asosiy maqsad bu aliment toʻlovlaridan qarzdor boʻlgan shaxslarni jinoiy taʼqib qilishyoki jinoiy javobgarlikka tortish emas, balki aliment toʻlovlarni toʻlaqonli undirilishini taʼminlashdir

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Aliment toʻlovlarini toʻlash masalalarni tartibga solishni nazarda tutgan "Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarni muhokamasi portalida umumiy muhokamaga qoʻyilgan.

Sud zali - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Aliment pulidan qarzdorlarning Oʻzbekistondan chiqishi vaqtincha cheklandi
Yangi normativ-hujjat talablariga asosan, bir oydan ortiq aliment toʻlovlarini toʻlamagan shaxslarga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoqqa olish chorasini qoʻllash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga qoʻshimcha band kiritiladi. Bu voyaga yetmaganlarni boqish yoki ishlashga layoqati boʻlmagan va moddiy yordamga muhtoj boʻlgan ota-onalarga tegishli boʻladi.

Shuningdek, alimentni toʻlashdan boʻyin tovlash faqat takroran sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortiladi, yaʼni 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo choralarini koʻllash belgilash koʻzda tutilmoqda.
Shu bilan birga, qonun loyihasida xorijga chiqish uchun qarzdor shaxs tomonidan aliment toʻlovlarini oldindan toʻlash va garov miqdori haqidagi band kiritilgan.

Qonun loyihasida koʻzlangan asosiy maqsad bu davlat tomonidan aliment toʻlovlari boʻyicha qarzdor shaxslarni jinoiy taʼqib qilish yoki jinoiy javobgarlikka tortish emas balki ular tomonidan aliment toʻlovlarni toʻlaqonli toʻlashni taʼminlashga qaratilgan.

19 may kuni ushbu normativ-hujjat loyixasi muhokama qilish jarayoni yakunlanadi. 2017 yil 1 iyuldan qonun loyihasini kuchga kiritish rejalashtirilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala