Jamiyat

Telekommunikatsiya sohasida litsenziya olish osonlashadi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishPuchok opticheskogo volokna
Puchok opticheskogo volokna - Sputnik Oʻzbekiston
Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritishni istagan tadbirkorlarga litsenziya berishda sanitariya sertifikati va oliy taʼlim haqidagi diplom talab qilinmaydi.

TOSHKENT, 10 maya — Sputnik. Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalash jarayonini osonlashtirishga qaratilgan bir necha choralar ishlab chiqmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Jamiyat
Oʻzbekistonda eng koʻp tavsiya qilingan internet-provayderlar reytingi

Ushbu haqidagi qaror loyihasi regulation.gov.uz — normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portalida joylashtirilgan.

Yangi qonunning asosiy maqsadi — telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan Respublika tadbirkorlari uchun qulay sharoitlar yaratib berishdir. Yangi qonunni ishlab chiqishda vazirlik soha tadbirkorlari bilan muloqot qilib ular duch kelayotgan muammolarni oʻrganib chiqqan.

"Yangi qonunda, telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritish uchun litsenziya olishga kerak boʻladigan hujjatlar roʻyxatidan oʻt oʻchirish, sanitariya xizmatlari, oliy taʼlim haqidagi diplom nuxasi va mehnat daftarchasi kabi hujjatlar chiqarib tashlangan", — deyishdi muassasa vakili.

Undan tashqari, 2017 yilning 1 iyulidan boshlab, internet provayderlari faoliyatini litsenziyalash faqat "yagona oyna" xizmati orqali, 2018 yildan boshlab esa faqat elektron koʻrinishda amalga oshirila boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader