Iqtisod

YETTB Rossiyaga sarmoya kiritishdan voz kechdi

© East NewsEuropean Bank for Reconstruction and Development
European Bank for Reconstruction and Development - Sputnik Oʻzbekiston
Sarmoya kiritishdan voz kechish - YETTB nizomiga zid, deb hisoblaydi Rossiya. YETTB kengashida Rossiyaning ushbu nuqtai nazarini aksariyat mamlakatlar qoʻllab-quvvatlamadi.

TOSHKENT, 10 maya — Sputnik. Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish banki boshqaruvchilari kengashida Belorussiya, Qirgʻiziston, Armaniston va Mongoliya Rossiyaning sarmoya  kiritish haqidagi nuqtai nazarini qoʻllab quvvatlashdi.

Tashkilotning aksariyat aʼzolari, jumladan Oʻzbekiston va Ozarbayjon ovoz berishdan voz kechdi.  

Eslatib oʻtamiz, YETTB sarmoyadorlari 2014 yilning aprel oyida, Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalar va murakkablashgan geosiyosiy vaziyat tufayli, Rossiya hududida yangi loyihalar uchun sarmoyalar kiritishni "muzlatib" qoʻygan edi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston va YETTB oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi

Bugun Kiprda  boʻlib oʻtgan YETTB boshqaruvchilari kengashida, Rossiya  ushbu masalani koʻtarib chiqdi. Xususan, Rossiya vakillari ushbu holat YETTB nizomiga zid ekanini taʼkidlashdi.

"Aksariyat mamlakatlar ovoz berishdan voz kechishdi. Ozarbayjon va Oʻzbekiston ovoz berishdan oshkora ravishda voz kechishdi. Belorussiya, Qirgʻiziston, Armaniston, Moʻgʻuliston Rossiyani qoʻllab-quvvatlashdi", — dedi kengash ishtirokchisi.

YETTB prezidenti Suma Chakrabarti aytishiga qaraganda,  tashkilotning aksariyat aʼzolari ushbu qarorni qonuniy deb hisoblaydi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala