Jamiyat

Abdulaziz Kamilov BMTning inson huquqlari komissari bilan uchrashdi

© MID Uzbekistana / Anvar IlyasovAbdulaziz Kamilov i Zeyd Raad al-Xuseyn
Abdulaziz Kamilov i Zeyd Raad al-Xuseyn - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston BMTning inson huquqlari boʻyicha 10 ta asosiy konvensiyasini ratifikatsiya qilgan va ushbu jabhadagi oʻz majburiyatlarining bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib kelmoqda.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida BMTinson huquqlari  komissari Zeyd Raad al-Husayn hamda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovlar orasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida Oʻzbekiston bilan BMT va uning institutlari, jumladan BMT Inson huquqlari boʻyicha oliy komissari boshqarmasi oʻrtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi va hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida tomonlarda oʻzaro qiziqish mavjudligi qayd etildi.

Zayd Raad al-Xuseyn - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Inson huquqlari boʻyicha oliy komissar Oʻzbekistonni olqishladi

Bugungi kunda Oʻzbekiston 70 dan ortiq xalqaro hujjatlarga qoʻshilgan va BMTning inson huquqlari boʻyicha 10 ta asosiy konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Respublika ushbu jabhadagi oʻz majburiyatlarining bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib kelmoqda.

Muzokaralarda BMTning Oʻzbekistondagi rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner, hamda BMT Inson huquqlari boʻyicha oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha Mintaqaviy vakili Rishard Komendalar  ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader