Jamiyat

Ruxsat yoʻq: "Pereval"dan qanday avtotransportlar endi oʻtolmaydi?

© Sputnik / StringerQamchiq dovoni
Qamchiq dovoni - Sputnik Oʻzbekiston
Mazkur qoida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 apreldagi "Qamchiq dovoni orqali oʻtgan A-373 avtomobil yoʻlidan samarali foydalanish chora tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori asosida joriy qilingani taʼkidlanmoqda

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. 2017 yilning 1 iyulidan boshlab A-373 "Toshkent-Oʻsh" avtomobil yoʻlining Qamchiq dovonidan oʻtgan qismida harakatlanayotgan yuk avtotransportlarining — oʻqqa tushadigan yuklamasi 11,5 tonnadan ortiq boʻlganlariga ruxsat berilmaydi, deb xabar berdi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi matbuot-xizmati.

Qamchiq dovoni - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Qamchiq dovonidagi yoʻlni yangilash bilan Ozarbayjonning Evrascon kompaniyasi shugʻullanadi
Bunday avtotransport vositalari tomonidan tashib kelingan asosiy yuklar "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ tomonidan, Qamchiq dovoni orqali oʻtgan "Angren-Pop" temir yoʻli orqali tashiladi.

Mazkur qoida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 apreldagi "Qamchiq dovoni orqali oʻtgan A-373 avtomobil yoʻlidan samarali foydalanish chora tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori asosida joriy qilinadi.

Qarorda shuningdek, 2017 yilning 1 iyuliga qadar A-373 avtomobil yoʻlining — Toshkent viloyatidan oʻtgan 185 kilometridagi "Chinor" hamda Namangan viloyati hududidagi 273 kilomtrida joylashgan "Sherobod" postlarida yuqori texnologiyalar bilan taʼminlangan nazorat punktlarini qurish, punktlardagi zamonaviy uskunalar yordamida yuk avtomobillarining ogʻirlik va hajmiy koʻrsatkichlarini, qolaversa, ularning oʻqqa tushadigan ogʻirlik yuklamalarini aniqlashni yoʻlga qoʻyish belgilab berilgan.

Qamchiq dovoni - Sputnik Oʻzbekiston
Qamchiq dovonida oʻta ogʻir yukli mashinalarga oʻtish taʼqiqlandi
Eslatib oʻtamiz, yuqoridagi bunday cheklovlar:

— vakolatli organlarning maxsus ruxsatnomalari orqali tashilayotgan katta hajmdagi va ogʻir yuklarga, shuningdek,

— "Qamchiq" dovonidagi yoʻl-transport infrazulilmasi obʼyektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, taʼmirlash va saqlash ishlari uchun jalb etilgan texnikalarga nisbatan joriy etilmaydi.

Bugungi kunda nazorat punktlarini qurish jarayonlari davom etmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala