Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev 11-15 may kunlari Xitoyda boʻladi

© Sputnik / Aleksey DrujininPremyer-ministr Uzbekistana Shavkat Mirziyayev
Premyer-ministr Uzbekistana Shavkat Mirziyayev - Sputnik Oʻzbekiston
Besh kun davom etadigan safar doirasida Oʻzbekiston prezidenti Xitoyga davlat tashrifi uyushtirishni hamda «Bitta kamar - bitta yoʻl» forumida ham ishtirok etishni rejalashtirgan.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-13 may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga boradi.

Davlat tashrifi davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaivy va xavfsizlik sohalaridagi oʻzaro hamkorlik masalalari, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlik muhokama qilinadi.

Davlat tashrifi doirasida Xitoy bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda ikki mamlakat yirik korxonalari orasidagi tijoriy shartnomalar imzolash va 14-15 may kunlari Pekinda boʻlib oʻtadigan «Bitta kamar — bitta yoʻl» forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Ayni damda «Bitta kamar — bitta yoʻl» forumida 28 mamlakat vakillari ishtirok etishi tasdiqlangan. Ular orasida Oʻzbekiston, Argentina, Belarus, Chili, Chexiya, Indoneziya, Qozogʻiston, Keniya, Laos, Filippin, Rossiya, Shveytsariya, Turkiya, Vyetnam prezidentlari, Kamboja, Efiopiya, Fiji, Yunoniston, Vengriya, Italiya, Malayziya, Moʻgʻuliston, Pokiston, Polsha, Serbiya, Ispaniya, Shri-Lanka bosh vazirlari va Myanma davlat kotibi bor.

Forum 15 may kuni boʻlib oʻtadi va unda umumiy hisobda 1,2 mingdan ortiq kishi ishtirok etadi.

Bugungi kunda, Xitoy Xalq Respublikasi Oʻzbekistonning eng yirik savdo-iqtisodiy hamkori va eng yirik sarmoyadorlaridan biridir.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala