TOSHKENT, 11 may — Sputnik. WSB chorak finalida Uzbek Tigers jamoasi 13 may kuni Samarqandda Kubaning Cuba Domadores jamoasiga qarshi ringga chiqadi, deb xabar qilinmoqda Uzbek Tigersning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Samarqanddagi "Moʻʼjiza" amfiteatrida shu kuni soat 19.30da Hasanboy Doʻsmatov, Murod Ahmadaliyev, Iqbol Xoldorov, Isroil Madrimov va Sanjar Tursunov ringga koʻtarilishadi.
Agar Uzbek Tigers ushbu va javob uchrashuvida gʻalaba qozonsa, yarim finalda Italia Thunder — Colombia Heroicos juftligi gʻolibiga qarshi ringga koʻtariladi.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.