TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Istanbul prokuraturasi yangi yil oqshomida Reina tungi klubiga qurolli hujum uyushtirgan Abdulqodir Masharipovga 40 marotaba umrbod qamoq jazosi va 2397 yil ozodlikdan mahrum etishni soʻragan, deb xabar qildi "Podrobno" nashri.
Masharipov konstitutsion tuzumni yoʻq qilishga harakat qilish, terrorchilik harakatini sodir etish, koʻplab odamlarni oʻldirish hamda qurolni noqonuniy saqlash boʻyicha ayblanmoqda.
Masharipovning turmush oʻrtogʻi Zarina Nurullayeva ham gumonlanuvchi tariqasida qoʻlga olingan boʻlib, unga nisbatan 40 marotaba umrbod qamoq jazosi choralari hamda odam oʻldirish aybi boʻyicha 2003 yil qamoq jazosi berilishi soʻralgan.
Eslatib oʻtamiz, yangi yil kechasi Istanbuldagi Reina tungi klubida terrorchi tomonidan qurolli hujum amalga oshirilgan. Buning natijasida 39 kishi halok boʻlgan va 69 odam jarohatlangan.
Masharipov bir necha xaftadan soʻng Istanbulning Isyonyurt kvartalida qoʻlga olingan. Qoʻlga olish jarayonida u istiqomat qilgan xonadonda 2 ta toʻpponcha, 197 ming dollar pul mablagʻi, dron uchish uskunasi va SIM-kartalar aniqlangan. Turkiya huquq tartibot organlari tomonidan ushbu pul mablagʻi Istanbulda amalga oshirilgan terrorchilik harakati uchun Masharipovga berilgan deb gumon qilinmoqda.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.