TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Janubiy Qozogʻiston viloyati hokimi Janseit Tuymebayev Jizzax viloyati hokimi Ulugʻbek Uzoqov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar berdi Podrobno.uz.
Uchrashuvda, shuningdek, ikki mintaqa ishbilarmon doiralari, Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchisi Yerik Utembayev va Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi Ikrom Nazarovlar ishtirok etishgan.
Viloyat rahbari Janseit Tuymebayev ikki viloyatning umumiy tomonlari koʻpligini, ulkan salohiyat mavjudligini taʼkidlagan. Bundan tashqari, qoʻshni davlatga mahsulotlar eksporti hajmini oshirish zarurligi haqida qoʻshimcha qilgan.
Shu bilan birga, tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan mintaqaviy hamkorlik masalalarini ham muhokama qilishgan.
Qayd etish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi va Janubiy Qozogʻiston viloyati oʻrtasida tovar aylanmasi oʻtgan yilda 532 million dollarni tashkil qilgan.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.