Jamiyat

Beeline Toshkent xoʻjalik sudiga murojaat qildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka oʻtish"Bilayn"
Bilayn - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kompaniya xabariga koʻra, Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari vazirligi Unitelning 30 % radiochastotalarini boshqa operatorlarga boʻlib bergan.

TOSHKENT, 11 may — Sputnik. “Vыmpelkom”ning Oʻzbekiston filiali IP OOO Unitel oʻziga tegishli boʻlgan radiochastotalarning bir qismi boshqa uyali aloqa kompaniyalarga boʻlib berilishi munosabati bilan Toshkent Xoʻjalik sudiga murojaat qildi.

Axborot texnologiyalari  vazirligi tarkibiga kiruvchi Respublika Radiochastotalar kengashi  31 mart kuni 900/1800 MGts diapazondagi radiochastotalarni GSM-operatorlari orasida baravar boʻlib bergan. Tashkiliy ishlar uchun olti oy vaqt ajratilgan.

“Biz ushbu qaror yuzasidan sudga murojaat qildik, chunki uni yuridik jihatdan asoslanmagan, deb  hisoblaymiz. Yaqinda boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan, sudning birinchi muhokamasi boshqa sanaga koʻchirildi”, — dedi suhbatdosh. Uning soʻzlariga qaraganda  RRK qarori boshqa operatorlar foydasiga, Unitelni 30 % chastotalaridan mahrum qilgan.  

“Biz ishimizni qayta tashkil qilishimiz uchun, rejalashtirilmagan qoʻshimcha sarmoyalar kiritishimiz kerak. Yaqin orada chastotalarning olib qoʻyilishi esa – aloqa sifatini yomonlashtiradi”, — dedi Unitel RIA Novosti agentligiga.

Tadbirkor ish ustida - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Axborot-kommunikatsiya vazirligi tadbirkorlar muammolari boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazmoqda

Rossiyaning OAO "Vыmpelkom" kompaniyasi 2006 yilning fevral oyida, asosan Toshkentda faoliyat yuritayotgan OOO Unitel va IP OOO "Bakri Uzbekistan Telekom" ("Buztel") GSM-operatorlarini sotib oladi. Shartnoma umumiy qiymati 260 million dollarni tashkil qildi.

"Vыmpelkom" Oʻzbekistonda 2006 yildan buyon “Bilayn” breni ostida uyali aloqa xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda. Operatorning litsenziyasi 2031 yilga qadar amal qiladi. 2016 yil yakunlariga koʻra, operator abonentlari soni 9,5 million abonentni tashqil qildi, tarmoqni rivojlantirish uchun kiritilgan sarmoyalar miqdori 150 million dollarni tashkil qildi.

Bugungi kunda oʻzbekiston uyali aloqa bozorida beshta uyali aloqa operatorlari faoliyat yuritmoqda. Ular “Bilayn”,  “UMS”, “Ucell”, “Uzmobile” va “Perfectum Mobile”. 2016 yil oxirida olingan maʼlumotlarga koʻra Oʻzbekistonda uyali aloqa bozori 22,5 million abonentdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0