TOSHKENT, 10 maya – Sputnik. Oʻzbekiston va Xitoy orasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi Rossiya manfaatlariga zid emas deb hisoblaydi rossiyalik ekspertlar. Ularning fikriga koʻra, Moskva va Pekinga Oʻzbekiston iqtisodining rivojlanishi barobar kerak.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga 11-15 may kunlari davlat tashrifi bilan keladi. Tashrif davomida Oʻzbekiston delegatsiyasi Pekinda 14-15 may kuni boʻ lib oʻtadigan “Bitta kamar – bitta yoʻl” iqtisodiy forumida ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
OAVlar xabariga koʻra, Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi davomida Oʻzbekiston va Xitoy umumiy qiymati 20 milliard dollar boʻlgan shartnomalar imzolashni rejalashtirgan.
Moskva Karnegi markazi rahbari Aleksandr Garbuzovning fikriga koʻra, Xitoy Xalq Respublikasi va Oʻzbekiston orasida savdo-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi Rossiya manfaatlariga zid emas.
“Oʻzbekiston-Xitoy aloqalarinng rivojlanishi Rossiya manfaatlariga zid emas, aksincha Oʻrta Osiyo mamlakatlari iqtisodi qanchalik rivojlansa, aholi radikallashuviga imkoniyat shuncha kam qoladi va xavfsizlik nuqtai nazaridan ushbu hudud shunchalik tinch boʻladi”, — dedi Garbuzov RIA Novostiga.
MDH mamalkatlari instituti Oʻrta Osiyo boʻlimi boshligʻi Andrey Grozin ham Oʻzbekistonga kiritilayotgan Rossiya va Xitoy sarmoyalarida farq koʻrmayapti.
“Bu yerda ichki qarama-qarshilik yoʻq. Aslida Mirziyoyev, pragmatik rahbar sifatida, sarmoyaviy salohiyat borasida Xitoyning imkoniyatlari Rossiyanikidan koʻra ancha koʻp ekanini yaxshi tushunadi. Bu yerad hech qanday siyosiy yoki mafkuraviy sabab yoʻq. Hamma narsa hisob-kitobli”, — dedi ekspert.
Moskva va Pekin Oʻzbekiston iqtisodi rivojlanishi hamda mamlakatda ijtimoiy barqarorlik asosi yaratilishidan bir xil manfaatdor.
“Bu oddiy siyosat. Rossiya yoki Xitoy tomonidan vaʼda berilgan sarmoyalarini bir-biriga qiyoslab oʻtirish – sariq chaqaga arzimaydigan ish", — deydi Grozin.
Ekspert fikriga koʻra, Xitoy ham Rossiya ham Oʻzbekistonning eng yaqin qoʻshnisi va dunyo kuch markazlaridir. Ushbu markazlar albatta Oʻrta Osiyo hududiga, jumladan Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorligiga taʼsir koʻrsatadi. Shuning uchun Moskva ham Pekin ham, hududning aholisi eng koʻp boʻlgan respublikasida ijtimoiy barqarorlik saqlanib qolishidan manfaatdor. Iqtisodiy rivojlanish esa — ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolishning uslublaridan biridir.
“Yangi ish oʻrinlari yaratish va aholini ishlab chiqarishga jalb qilishda Moskva va Pekin bir-biri bilan raqobat qilmaydi. Bu yerda biz bir maqsad yoʻlida, yaʼni Oʻzbekistonda barqarorlikni saqlab qolish uchun, bir yoʻnalishdan boramiz”, — deb qoʻshimcha qildi ekspert.
Grozin aytishiga qaraganda, Xitoy eʼlon qilgan Ipak yoʻli iqtisodiy kamari tashabbusida logistika va transport boʻyicha Oʻzbekistonga hududning asosiy mamlakati sifatida qaralmoqda.
“Agar milliy iqtisodga Xitoy kiritgan sarmoyalar miqdorini solishtiradigan boʻlsak, Oʻzbekiston qoʻshni Qozogʻistondan orqada. Xitoy bilan tuzilgan qoʻshma korxonalar soni unchalik koʻp emas, birgalikda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar soni ham kam. Islom Karimov prezidentilik davrida, Toshkent siyosiy nuqtai nazardan Pekin bilan hamkorlikka ehtiyotkor munosabatda edi. Respublikaning bugungi rahbari — boshqacha dunyoqarashga ega boʻlsa ajab emas”, — deb hisoblaydi Grozin.
Ekspert fikriga koʻra, Mirziyoyev Xitoydan ham Rossiyadan ham sarmoyalar olishga umidvor. Undan keyin, agar Mirziyoyev Bryusselga yoki Vashingtonga borsa, u yerda ham Oʻzbekistonga sarmoyalar kiritishni vaʼda berishadi. Ekspertning bunga ishonchi komil.