Madaniyat

Islom Karimovning eng yaxshi portreti uchun tanlov eʼlon qilindi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka oʻtishPrezident Respubliki Uzbekistan Islam Karimov
Prezident Respubliki Uzbekistan Islam Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tanlov shartiga koʻra, unda professional rassomlar ishtirok etishlari mumkin

TOSHKENT, 11 may — Sputnik. Oʻzbekiston Sanʼat akademiyasi Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning eng yaxshi portreti uchun tanlov eʼlon qildi.

Tanlov shartiga koʻra, unda professional rassomlar ishtirok etishlari mumkin. Rasmlarning oʻlchamlari erkin tanlanadi.

Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Islom Karimovga haykal yasash tanlovida Ilhom Jabborov gʻolib boʻldi

Tayyor ishlar shu yilning 31 iyuliga qadar Toshkent shahri, Istiqbol koʻchasi, 4-uyda joylashgan Toshkent fotografiya uyida qabul qilinadi.

Tanlov gʻoliblari Oʻzbekiston Sanʼat akademiyasining mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Ilgariroq Islom Karimovning haykalini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilingan va unda haykaltarosh Ilhom Jabborov gʻolib boʻlgandi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0