Toshkent militsiyasiga bir kunda 600dan ziyod murojaat kelib tushdi

© AP PhotoMilitsiya patrul mashinasi
Militsiya patrul mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
10 may kuni Toshkent shahar IIBB "102" xizmatiga fuqarolardan 600dan ziyod murojaatlar kelib tushgan. Ulardan 27 tasi jinoyat to‘g‘risida bo‘lgan

TOShKENT, 12-may — Sputnik. 2017 yilning 10-may kuni Toshkent shahar IIBB "102" xizmatiga fuqarolardan jami 625 ta xabar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 27 tasi jinoyat to‘g‘risidagi xabarlardir, deb xabar qilindi guvd.uz saytida.

O‘zbek militsiya xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek militsiyasi 2018-yildan boshlab maxsus xonalarda tergov qiladi
Xabarda qayd etilishicha, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar Toshkent shahrining uchta tumanida sodir etilgan. Jumladan, Yashnobod tumanida — 1 ta qotillik,  Shayxontoxur tumanida 1 ta og‘ir tan jaroxati yetkazish, Yunusobod tumanida 1 ta bosqinchilik jinoyatlari sodir bo‘lgan.

Toshkent shahar ichki ishlar idoralari tomonidan olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida: 3 ta foxishaxona saqlash jinoyatlari hamda 3 ta giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslar aniqlanib ushlangan.

Tezkor tadbirlar natijasida avval sodir etilib fosh etilmay qolgan 7 ta jinoyatlar ham fosh qilingan.

Shuningdek, 5 ta qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olingan.

Militsiya patrul mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Tekin to‘n qimmatga tushar: militsiya xodimlari halol mehnatga chaqirildi
Shuningdek, 10-may kuni IIBB "102" xizmatiga jami 5 nafar shaxslarning bedarak yo‘qolganligi to‘g‘risida tezkor ma’lumot kelib tushgan, qidiruv ishlari jarayonida ularning 3 nafari topilgan, qolgan 2 nafar shaxslarni qidirish ishlari esa davom etayotgani haqida axborot berilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy sayti o‘zbek va rus tillarida test holatida faoliyat yuritmoqda.

Fuqarolar uchun shuningdek onlayn murojaat qilish imkoni yaratilgan.

Sayt mobil qurilmalar uchun moslashtirilgan bo‘lib, 102 (hodisalar haqida xabardor qilish) va 1102 (IIVga xodimlarning noqonuniy faoliyati ustidan shikoyat qilish) raqamlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0