TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Poytaxtlik tezkor xodimlar tomonidan oʻzining 4 yashar bolasini sotmoqchi boʻlgan ayol qoʻlga olindi. Bu haqida Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimi xabar berdi.
"Vaziyat ushbu janrning eng yaxshi anʼanalari asosida rivojlanib, ish savdolashishsiz bitmagan. Sotuvchilar jonli tovar uchun 2 ming $ soʻrashgan. Xaridor 500 $ taklif qilgan. Natijada tomonlar 1 ming $ ga kelishishgan", — dedi ichki ishlar xodimi.
Tezkor xodimlar savdogarlarni ichki ishlar organlariga murojaat qilgan xaridor tufayli qoʻlga olishga muvaffaq boʻlishgan. Jinoyatchilar pulni olayotgan paytda qoʻlgan olingan. Ushbu ikki ayol hibsga olinib, tergov ishlari olib borilmoqda. Ularga odam savdosi jinoyat ishi boʻyicha ayb qoʻyilgan.
Ichki ishlar xodimi soʻzlariga koʻra, bola mutaxassislar kuzatuvi ostida boʻlishi uchun Toshkent shahar Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmasi qoshidagi reabilitatsiya markaziga joylashtirildi. Bola sud hukmi chiqqunga qadar oʻsha yerda qoldiriladi.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.