MMA yulduzi Habib Nurmagomedov O‘zbekistonda seminar o‘tkazadi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishTrenirovka boysa Xabiba Nurmagomedova
Trenirovka boysa Xabiba Nurmagomedova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik taniqli jangchi Toshkent, Buxoro va Samarqandda bo‘ladi

TOShKENT, 13-may — Sputnik. Aralash jang san’ati bo‘yicha UFC yo‘nalishida yengil vaznda ishtirok etuvchi rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov 21-may kuni O‘zbekistonga keladi. Sportchi bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

"O‘zbekistonga otlanmoqdamiz. Seminar o‘tkazamiz, muxlislar bilan suhbatlashamiz va Toshkent, Buxoro, Samarqand shaharlariga boramiz", — deb yozadi u  Instagramda.

Publikatsiya ot Khabib Nurmagomedov (@khabib_nurmagomedov) May 12 2017 v 1:18 PDT

 

Uzbekistan Todayning xabar berishicha, Nurmagomedov Toshkentga MMA jangchilari Zubayr Tuxugov, Islamom Maxachev, Abubakar Nurmagomedov va Islam Mamedovlar bilan keladi.

Sportchilar seminar-muloqot chog‘ida muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob berishadi.

Bundan tashqari, jangchilar jiu-jitsu bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga faxriy mehmon sifatida tashrif buyurishadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0