Xitoyning Markaziy Osiyo infratuzilmasiga sarmoya kiritishdan maqsadi nima

© REUTERS / Kim Kyung-HoonSentralniy bank Kitaya
Sentralniy bank Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy poytaxtida Osiyo, Yevropa va Afrikani bog‘laydigan va jahon savdosining rivojlanishiga sabab bo‘luvchi ulkan Ipak yo‘li loyihasiga bag‘ishlangan "Bir kamar - bir yo‘l" forumi bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 13-may — Sputnik, Aleksey Stefanov. Pekinda 14-15 may kunlari Osiyo, Yevropa va Afrikani bog‘laydigan va jahon savdosining rivojlanishiga sabab bo‘luvchi ulkan Ipak yo‘li loyihasiga bag‘ishlangan "Bir kamar — bir yo‘l" forumi bo‘lib o‘tadi.

O‘sha kunlari Xitoyda 28 mamlakat rahbarlari, jumladan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ishtirok etadi. Forumda 60dan ortiq davlat vakillari qatnashishadi, deyishdi ekspertlar "Rossiya segodnya" axborot agentligi matbuot markazida bo‘lib o‘tgan Moskva – Pekin videoko‘prigida.

Sotrudniki kompanii O’zbekiston temir yo’llari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston temir yo‘llari xodimlari uchun Xitoyda o‘qishga tanlov e’lon qilindi

Xitoy Xalq universiteti xalqaro ishlar instituti direktori, professor Van Iveyning aytishicha, "Bir kamar — bir yo‘l" loyihasi allaqachon dastlab o‘ylangan miqyosdan oshib ketdi. Loyiha jahon miqyosiga ko‘tarildi va butun sayyora miqyosidagi platformaga aylanmoqda.

RFA Uzoq Sharq instituti direktori o‘rinbosari Andrey Ostrovskiyning fikricha, Xitoyga jahon miqyosiga chiqish ushbu mamlakat iqtisodiyoti imkoniyatlarini oshirish, tashqi savdo hajmini kengaytirish uchun kerak.

Xitoy bir necha yil avval jahon moliyaviy inqirozi bilan to‘qnash keldi, tashqi savdo hajmi muntazam ravishda pasaya boshladi va Ipak yo‘li loyihasi inqirozdan chiqishning deyarli yagona yo‘lidir. Xitoy aynan shu sababli Markaziy Osiyo mamlakatlariga anchadan buyon yirik mablag‘ kiritmoqda. Ostrovskiyning aytishicha, xorijga kiritilayotgan investitsiyalar umumiy miqdorining 20%ga yaqini ushbu mamlakatlarga to‘g‘ri keladi.

Ekspertning fikricha, geografik joylashuv hisobiga Xitoy investitsiyalarining katta qismi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi.

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

"Xitoy bejizga Qozog‘iston infratuzilmasini rivojlantirish uchun 20 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratmadi, bu yerda "Nurli jol" loyihasi yaratilgan. U alohida, lekin Ipak yo‘li loyihasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Buning ustiga, bu yerda Kaspiy dengizidagi portlar, avtomobil va temir yo‘llari, chegara o‘tkazuv maskanlari rivojlanmoqda. Bu esa Qozog‘iston iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qiladi", — deydi Ostrovskiy.

"O‘zbekiston haqida gapiradigan bo‘lsak, u Markaziy Osiyo uchun yirik bog‘lovchi tugun, Toshkent va Samarqand esa tayanch shaharlardir. Bu nimani anglatadi? Bu birinchi navbatda, mazkur hududning rivojlanishini anglatadi. Yirik shahar yaratish uchun ishni infratuzilmani rivojlantirishdan boshlash kerak. Bu yerda Osiyoni Yevropa mamlakatlari bilan bog‘laydigan temir yo‘l tarmog‘i quriladi, iqtisodiyot rivojlanadi. Masalan, Xiva shahrini olaylik — u qudratli Xiva xonligining poytaxti bo‘lgan. Bugun esa ko‘zga unchalik tashlanmaydi, chunki u orqali hech qanday yirik transport yo‘nalishi o‘tmagan. Buxoro va Samarqand ham barcha transport yo‘llari markazida joylashgan Toshkentdan ajralib turadi. Boshqacha aytganda, ushbu kamar qaysi shahar orqali o‘tsa, ular tayanch shaharga aylanadi, iqtisodiy rivojlanishda ustunlikka ega bo‘ladi, bu yerga odamlar oqib kela boshlaydi", — deydi Andrey Ostrovskiy.

U Markaziy Osiyo ikki loyiha — YeOIK va "Ipak yo‘li iqtisodiy kamari"ni birlashtirish uchun muhim hudud hisoblanishini bildirdi.

Rukovoditel otdela Sredney Azii Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Xitoy aloqalari rivojlanishi - Rossiya manfaatlariga zid emas

"Infratuzilma yaratish masalasi Tojikistonga ham tegishli, lekin bu yerdagi vaziyat O‘zbekistondagiga nisbatan ancha murakkab. Chunki mamlakat iqtisodiy jihatdan zaif. Xitoy tamoyiliga ko‘ra, bu yerda faqat Dushanbe tayanch shahar bo‘lishi mumkin. Eng katta muammo esa tog‘li hududlar bois avtomobil va temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishdir. Tojik-xitoy chegarasini olaylik — u katta, lekin chegara o‘tkazuv maskanlari bor yo‘g‘i bir-ikkita. Yo‘llarsiz esa ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish qiyin kechadi", — izohlaydi Ostrovskiy.

Ekspertning aytishicha, Qirg‘iziston bilan ham vaziyat shunday — chegara katta, chegara o‘tkazuv maskanlari esa kam va o‘tkazuvchanlik salohiyati juda past. Temir yo‘l esa umuman yo‘q.

"Bu savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga to‘siq bo‘ladi. Xitoy shu sababli Qirg‘izistonda avtomobil yo‘llarini rivojlantirishni moliyalashtirmoqda", — deya qayd etdi Ostrovskiy.

Ekspertning e’tiroficha, Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga kamida o‘n besh yildan buyon mablag‘ kiritmoqda, chunki ulkan loyihalarni nimadan boshlashni biladi, deb yozadi  Sputnik Qozog‘iston.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0