TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari rahbarlari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash haqida Nizom qabul qilindi.
Ushbu Nizomda hukumatning turli bosqichlarida ishlaydigan, jumlaan quyidagi toifadagi mansabdor shaxslargi nisbatan jazo choralari qoʻllash tartibi belgilangan.
1. Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosarlari, vazirlar va ularning oʻrinbosarlari
2. Davlat qoʻmitalari, agentliklar, markazlar, inspektsiyalar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirlar kengashi raisi va uning oʻrinbosarlari
4. Viloyatlar, shaharla va tumanlar hokimlari va ularning oʻrinbosarlari
5. Xoʻjalik boshqaruv organlari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari
Ushbu toifadagi mansabdor shaxslarga aybli harakati yoki harakatsizligi uchun hayfsan, jarima yoki lavozimdan ozod etish kabi jazo choralari qoʻllanilishi mumkin.
Mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshirilgan qoidabuzarliklarning ayrim turlariga jazo choralari quyigacha belgilangan:
- Hujjat loyihalari kerakli muddatda tayyorlanmagani, yoki tayyorlash muddati asossiz choʻzilgani uchun mansabdor shaxs maoshining — 10% gacha jarima solinishi mumkin;
Shuningdek, Nizomda jarimaning eng katta miqdori 50% dan ortmasligi hamda jarima qoʻllash muddati bir yildan oshmasligi aytib oʻtilgan.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.