Diplomatiya universiteti rektori ShHT mamlakatlari fuqarolarini o‘qishga taklif qildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishStudenti biologicheskogo fakulteta Moskovskogo gosudarstvennogo universiteta im. M.V. Lomonosova vo vremya leksii
Studenti biologicheskogo fakulteta Moskovskogo gosudarstvennogo universiteta im. M.V. Lomonosova vo vremya leksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHT mamlakatlari talabalari va yosh mutaxassislari, bir sohada faoliyat yuritayotgan fakultetlar, kafedralar hamda laboratoriyalar orasida ilmiy aloqalar o‘rnatish muhim vazifa sifatida qayd etilmoqda.

TOShKENT, 15-may – Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti forumida so‘zga chiqqan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdumalik Jumanov ShHT mamlakatlari talabalarini O‘zbekiston OTMlarida o‘qishga taklif qildi.

Ekzamen. - Sputnik O‘zbekiston
Yuridik universitetga chet ellik talabalar imtihonsiz qabul qilinadi

Jumanov xabar berishiga ko‘ra, buning uchun uchun O‘zbekiston OTMlariga qabul qilishning yengillashtirilgan jarayoni joriy etilgan.

JIDU rektori ShHT mamlakatlari talabalari va yosh mutaxassislari orasida muloqot o‘rnatishning muhim vazifa ekanini qayd etdi. Uning fikriga ko‘ra, buning uchun ShHTning yetakchi OTMlari tomonidan talaba va yosh mutaxassislar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil qilinishi maqsadga muvofiq.

Bir sohada faoliyat yuritayotgan fakultetlar, kafedralar hamda laboratoriyalar orasida ilmiy aloqalar o‘rnatish kerakligi alohida ta’kidlandi.

Jahon axborot agentligi xabari asosida.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0